image0

Joriy yilning 17 avgust kuni 2025 PM nomli, diametri 50 metr bo‘lgan asteroid Yer yonidan uchib o‘tadi. Bu haqda Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Laboratoriyaning ma’lumotiga ko‘ra, u xavfli toifaga kiradi, biroq uning Yerga tushish ehtimoli juda past.

Qayd etilishicha, u Yerdan Oy orbitasi diametriga teng masofada o‘tadi. NASA’ning Reaktiv harakat laboratoriyasi ham bu hodisa haqida ogohlantirgan. “Newsweek”ning yozishicha, 2025 PM’ning o‘lchami samolyotga teng bo‘lib, Yerga eng yaqin masofada – 654 ming mil (1 million kilometrdan ortiq) masofadan o‘tadi. 

NASA, shuningdek, diametri 55 fut (16,7 metr) bo‘lgan 2025 PR1 asteroidini ham kuzatmoqda. U 16 avgust kuni Yerdan 609 ming mil (980 ming kilometr) uzoqlikda o‘tadi.

Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi 2025 PM’ni xavfli asteroidlar ro‘yxatiga kiritgan, chunki u Yerga g‘ayrioddiy yaqin keladi (bu toifaga Oy orbitasi diametrining 10 baravaridan yaqinroq o‘tadigan jismlar kiradi). Bu yil shunga o‘xshash masofada kattaroq osmon jismi yana bir marta, sentyabr oxirida uchib o‘tishi kutilmoqda.

2025 PM Apollon guruhiga kiradi – bu Yerdan tashqariga chiqib, keyin yana kesib o‘tadigan orbitalarga ega bo‘lgan asteroidlar sanaladi. Uni 1 avgust kuni aniqlashgan. Olimlar uning xususiyatlari hali yaxshi o‘rganilmagani, ehtimol uchuvchi moddalarsiz toshli g‘isht bo‘lishini taxmin qilmoqda. 
Shuningdek, olimlar 2029 yilning aprelida diametri 375 metr bo‘lgan Apofis asteroidi Yerga 32 ming kilometr masofagacha yaqinlashishini aytgan. Uni Yevropa, Afrika va Osiyoda yashovchi qariyb 2 milliard kishi oddiy ko‘z bilan ko‘ra oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar asteroidning Oy bilan to‘qnashuvi tufayli Yerga meteorit yomg‘irining yog‘ishini bashorat qilgandi.