KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Mening xotinim boshlang’ich sinflarga dars beradi.

— Nima bo’pti?

— E, u menga «Bo’sa olganingda yuzimni ho’l qilma, kiyimlaringni sochib tashlama, yotganingda xo’rrak otma! Bo’ldi, o’tir, bahoing «to’rt» degani degan»

 

* * *

 

Ona uylanayotgan arzanda o’g’liga to’y kuni uqtirdi:

— Sendan «Rozimisiz?», deb so’rashganda, «Roziman oyi» demagin, shunchaki «Roziman» deb qo’ya qolgin!

 

* * *

 

Chukcha yugurish musobaqasidan oldin doping qabul qildi. Musobaqa boshlangandan so’ng esa, juda sekin yugura boshladi… Doping qabul qilganini boshqalarga bildirib qo’ymaslik uchun.

 

* * *

 

Sayohat agentligiga qo’ng’iroq qilishdi.

— Allo, Misrga yo’llanma sotasizlarmi?

— Ha.

— Misrda qanday kurortlar bor o’zi?

— Sharm-al-Shayx, Xurgada, Taba, Nuveyba.

— To’xtang, Nuveyba dedingizmi?

— Ha, qachon bormoqchisiz?

— Uzr, biz… Shunchaki, skanvord yechayotgandik. Nuveyba to’g’ri keladi.

 

* * *

 

Peyjerga kelgan xabardan:

— Yaramas! Men sen bilan anavining haqida hammasini bilaman. O’shanga qo’ng’iroq qilib mening hammasidan xabardor ekanimni ayt. Keyin menga qo’ng’iroq qil. Nimani bilishimni aytaman.

 

* * *

 

Mast militsioner mast haydovchini to’xtatdi.

— Nega rulni ikki kishi boshqaryapsizlar?

— Ie, shu arzimagan ish uchun mashinani qurshab olishlaring shartmidi?

 

* * *

 

— Bizning shaharda jinoyatchilikka barham berildi. Kecha oxirgi jinoyatchini qandaydir manyaklar o’ldirib ketishibdi. (Gazetadagi xabardan)

 

* * *

 

Gruziya maktabida. Muallima Gogani doskaga chaqirdi.

— Qani, uchburchakni chiz-chi!

Goga chizdi.

— Endi shuning haqiqatan uchburchak ekanini isbotla!

— O’lgan enam haqqi qasam ichib aytamanki, bu uchburchak!

 

loading…