Bitkoin narxi bugun, 14 avgustga o‘tar kechasi tarixiy maksimumni yangiladi. Buni eng yirik kriptobirja hisoblanuvchi Binance ma’lumotlari ko‘rsatmoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 00:00 holatiga ko‘ra, narx 123,5 ming dollardan oshgan, so‘ng o‘sish biroz sekinlashgan. Avvalgi rekord joriy yilning 14 iyul kuni qayd etilgan – 123,2 ming dollar.
“Bloomberg”ning yozishicha, bitkoin o‘tgan yilning katta qismida barqaror o‘sgan. Nashr so‘nggi oylardagi o‘sishni AQSH Prezidenti Donald Tramp davridagi qulay tartibga solish siyosati va Strategy Maykl Seylor kabi yirik ommaviy kompaniyalar talabiga bog‘lamoqda. Shuningdek, joriy yilning bahorida Tramp bitkoin davlat zaxirasini yaratish tashabbusi bilan chiqqan, shuningdek, “AQSHning raqamli moliyada yetakchiligini mustahkamlash” haqidagi ijro farmonini imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chikago tovar birjasida (CME) oltin fyucherslari narxlari 2,32 foizga oshib, bir unsiya uchun 3534,1 dollarga yetgan va rekord o‘rnatgandi.


