image0

Farg‘ona vodiysidan yangi o‘simlik – Gagea khassanovii nomli yangi tur topildi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi. 

Farg‘ona vodiysida yangi o‘simlik turi aniqlandi1

Bildirilishicha, bu o‘ziga xos gullarga ega noyob o‘simlik Gagea (Boychechak) turkumiga mansub bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagina tarqalgan, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston floralarini boyishiga xizmat qiladi.

Farg‘ona vodiysida yangi o‘simlik turi aniqlandi2

Yangi tur O‘zbekistonning Andijon viloyatidagi Imom tog‘i (Oloy tizmasi) etaklarida aniqlangan bo‘lib, ilmiy tavsifi 2025 yil iyulm oyida nufuzli “Phyto Keys” jurnalining 260-sonida e’lon qilingan. Tadqiqotlar O‘zbekiston, Rossiya, Xitoylik olimlarning hamkorlikda olib borgan izlanishlari asosida amalga oshirilgan.

Farg‘ona vodiysida yangi o‘simlik turi aniqlandi3

Ma’lum qilinishicha, Gagea khassanovii tashqi jihatdan (morgologik) Gagea circumflexa turiga o‘xshab ketadi, biroq uning oq rangli gullari, ingichka gultojbarglari va uzun poyabarglari kabi morfologik farqlari mavjud. Tur taniqli o‘zbek botanigi, professor Furqat O‘rinboyevich Hasanov sharafiga nomlangan.