Tojikistonning Xatlon viloyati Boxtar shahrida temuriylar va mang‘itlar davriga oid mis tangalar topildi. Bu haqda Xatlon viloyati hokimiyati matbuot xizmatiga tanib, “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 avgust kuni Tojikistonning Tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish agentligi olimlari “Bibixonim” qal’asi yonidagi tepalikda arxeologik qazish ishlarini boshlagan. Qazish ishlarining ilk kunidayoq mutaxassislar 2 dona mis tangani topgan. Ulardan biri temuriylar davriga (XV–XVI asrlar), ikkinchisi esa mang‘itlar davriga (XVI–XVII asrlar) tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, arxeologlar sopol buyumlar parchalari va sinib ketgan ko‘zalarni ham topgan. Bildirilishicha, ilmiy-tadqiqot ishlari 12 avgustda boshlangan bo‘lib, 17 avgustgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota viloyati Uyg‘ur tumanida joylashgan Tog‘izbuloq qishlog‘i yaqinidagi qadimiy qabrlar hududida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti arxeologlari tomonidan Sak davriga oid noyob oltin zargarlik buyumlari topilgandi.


