Rejissyor Jeyms Kemeron suratga olgan «Avatar: Suv yo’li» (Avatar-2) filmining kassa tushumlari, ekranlarga chiqqanidan olti hafta o’tib, 2 mlrd AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda Variety xabar berdi.
Film 598 mln dollarni AQShda, 1,4 mlrd dollarni xorijdagi namoyishlardan ishladi.
Shu tariqa kino tarixida 2 mlrd dollardan ortiq pul ishlagan filmlar soni 6 taga yetdi:
E’tiborli tomoni, tarixdagi eng ko’p daromad keltirgan filmlarning uchtasini Jeyms Kemeron suratga olgan. Aktrisa Zoi Saldana («Avatar»da Neytiri) eng serdaromad oltita filmning to’rttasida rol o’ynagan.
Izohlarni ko`rish