image0

O‘zgidromet 26-27 aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. 26 aprel kuni kunduzi havo harorati 27-30 darajagacha, 27 aprel kuni 32-35 darajagacha isiydi. Shimol, janub va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida harorat dam olish kunlari 36-39 darajagacha isiydi.

Toshkentda 26-27 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 aprel kuni harorat kunduzi 30-32 daraja, 27 aprel kuni 32-34 daraja issiq bo‘ladi. Harorat kechalari asosan 15-18 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.