«Avatar-2» yer yuzida 2 mlrd dollar ishlab topgan 6-filmga aylandi

Rejissyor Jeyms Kemeron suratga olgan «Avatar: Suv yo’li» (Avatar-2) filmining kassa tushumlari, ekranlarga chiqqanidan olti hafta o’tib, 2 mlrd AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Film 598 mln dollarni AQShda, 1,4 mlrd dollarni xorijdagi namoyishlardan ishladi.

Shu tariqa kino tarixida 2 mlrd dollardan ortiq pul ishlagan filmlar soni 6 taga yetdi:

  • Avatar-1»
  • «Qasoskorlar: Final»
  • «Titanik»
  • «Yulduzlar jangi: Kuchning uyg’onishi»
  • «Qasoskorlar: Cheksizlik urushi»
  • «Avatar-2».
  • E’tiborli tomoni, tarixdagi eng ko’p daromad keltirgan filmlarning uchtasini Jeyms Kemeron suratga olgan. Aktrisa Zoi Saldana («Avatar»da Neytiri) eng serdaromad oltita filmning to’rttasida rol o’ynagan.