Mbappe faoliyatida ilk bor penta-trik qayd etdi

U buni futbol bo’yicha Fransiya kubogining 1/16 finalida amalga oshirdi. O’yinda “PSJ” mintaqaviy liga klubi “Pays de Kassel”ni 7:0 hisobida mag’lub etdi.

Fransuz Ronaldu, Messi, Kloze va Levandovskining natijasini takrorladi. U nomini 33, 34, 40, 56 va 79-daqiqalarda tabloga yozdirdi va “PSJ” safida bir o’yinda 5 ta gol urgan birinchi futbolchiga ham aylandi.