JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Taylandliklar ruh odamning boshida joylashgan deb o’ylaydi. Shuning uchun ularning yonida boshingizni yoki o’zganing boshini ushlash taqiqlanadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

2. Shotlandiya viskisi aslida Xitoyda yaratilgan. XV asrda u Irlandiyada paydo bo’ldi. Shotlandlarning o’zi esa shunday ichimlik borligini XVI asrga kelib payqashdi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

3. Yer yuzida shunday qo’ziqorin borki, uni yesangiz, tovuq go’shti mazasini beradi. Bu qo’ziqorinning diametri 40 santimetrga teng. Germaniya va Shimoliy Amerikada bu qo’ziqorin delikates hisoblanadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

4. Hindistonda Lovelas («Ayollar arzandasi») degan daraxt o’sadi. Mevasini tatib ko’rsangiz bas, sizdan boychechak hidi tarala boshlaydi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

5. Amazonkada Viktoriya deb ataluvchi daraxt o’sadi. Uning har bir bargi diametri 3 metrga teng va 25-30 kilogacha bo’lgan yukni ko’tarib tura oladi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

6. Dunyodagi eng yirik gul Arnoldi deb atalib, Malayziya changalzorlarida umrguzaronlik qiladi. Bu gul parazitlar oilasiga mansub. Gulning bo’yi 1 metr, vazni 7 kilogrammgachani tashkil etadi. Faqat… O’zidan aynigan go’shtning badbo’y hidini taratadi. Shuning uchun Arnoldining yonida doim pashshalar g’ujg’on o’ynaydi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

7. Dunyodagi eng xavfli o’simlik Yangi Zelandiyada o’sadi. Uning zahri hatto otni o’ldiradi. Kimda kim bu o’simlikka teginsa, shu zahoti u o’zidan zahar ajratib chiqaradi-da, o’ljasining tana ichkarisiga yo’llaydi. Zahar tarkibida chumoli kislotasi hamda gistamin mavjud.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

8. Braziliyada «Copaifera langsdorffii» degan daraxt bor. Uning sharbatini dizel yoqilg’isi o’rnida ishlatsa bo’ladi. Ayni paytda o’sha atrofdagi fermerlar bu daraxtni tomorqaga ekib, yoqilg’i olishni boshlashga ham ulgurishgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

9. Perudagi ko’pchilik kafelarda qurbaqadan tayyorlangan maxsus ichimlik sotiladi. Uni tayyorlashda tirik qurbaqa, asal, aloe sharbatidan foydalanishadi. Aytishlaricha, shu ichimlik astma, bronxitni davolashda qo’l kelarkan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

10. Dunyoda arining shunday turi borki, u «Marvaridli suvarak arisi» deb nomlangan. Bu ari suvarakni tutib oladi-da, iniga olib kelib, o’ldirib, o’ligining ustiga tuxum qo’yadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

sandoor. ru

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit