1. Taylandliklar ruh odamning boshida joylashgan deb o’ylaydi. Shuning uchun ularning yonida boshingizni yoki o’zganing boshini ushlash taqiqlanadi.
2. Shotlandiya viskisi aslida Xitoyda yaratilgan. XV asrda u Irlandiyada paydo bo’ldi. Shotlandlarning o’zi esa shunday ichimlik borligini XVI asrga kelib payqashdi.
3. Yer yuzida shunday qo’ziqorin borki, uni yesangiz, tovuq go’shti mazasini beradi. Bu qo’ziqorinning diametri 40 santimetrga teng. Germaniya va Shimoliy Amerikada bu qo’ziqorin delikates hisoblanadi.
4. Hindistonda Lovelas («Ayollar arzandasi») degan daraxt o’sadi. Mevasini tatib ko’rsangiz bas, sizdan boychechak hidi tarala boshlaydi.
5. Amazonkada Viktoriya deb ataluvchi daraxt o’sadi. Uning har bir bargi diametri 3 metrga teng va 25-30 kilogacha bo’lgan yukni ko’tarib tura oladi.
6. Dunyodagi eng yirik gul Arnoldi deb atalib, Malayziya changalzorlarida umrguzaronlik qiladi. Bu gul parazitlar oilasiga mansub. Gulning bo’yi 1 metr, vazni 7 kilogrammgachani tashkil etadi. Faqat… O’zidan aynigan go’shtning badbo’y hidini taratadi. Shuning uchun Arnoldining yonida doim pashshalar g’ujg’on o’ynaydi.
7. Dunyodagi eng xavfli o’simlik Yangi Zelandiyada o’sadi. Uning zahri hatto otni o’ldiradi. Kimda kim bu o’simlikka teginsa, shu zahoti u o’zidan zahar ajratib chiqaradi-da, o’ljasining tana ichkarisiga yo’llaydi. Zahar tarkibida chumoli kislotasi hamda gistamin mavjud.
8. Braziliyada «Copaifera langsdorffii» degan daraxt bor. Uning sharbatini dizel yoqilg’isi o’rnida ishlatsa bo’ladi. Ayni paytda o’sha atrofdagi fermerlar bu daraxtni tomorqaga ekib, yoqilg’i olishni boshlashga ham ulgurishgan.
9. Perudagi ko’pchilik kafelarda qurbaqadan tayyorlangan maxsus ichimlik sotiladi. Uni tayyorlashda tirik qurbaqa, asal, aloe sharbatidan foydalanishadi. Aytishlaricha, shu ichimlik astma, bronxitni davolashda qo’l kelarkan.
10. Dunyoda arining shunday turi borki, u «Marvaridli suvarak arisi» deb nomlangan. Bu ari suvarakni tutib oladi-da, iniga olib kelib, o’ldirib, o’ligining ustiga tuxum qo’yadi.
sandoor. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit