KUN KULGISI…

 

 

* * *

Armandan so’rashdi:

— Nega xudo mushuklarni qorong’ida ham yaxshi ko’radigan qilib yaratgan?

— Chunki chiroq yoqib-o’chiriladigan tugmachaga mushuklarning bo’yi yetmaydi.

 

* * *

 

Umrida birinchi marotaba parashyutdan sakrash arafasida turgan askar starshinadan so’radi:

— Agar osmonda parashyutim ochilmay qolsa, nima bo’ladi?

— Parashyutni taxlagan omborchi askar ikki oygacha maoshdan mahrum etiladi.

 

* * *

 

Telefon jiringladi. Yigit go’shakni ko’tardi.

— Allo! Kimsiz?

— Biz «Lotto» lotereya o’yini firmasidan bezovta qilyapmiz. Falon-falon raqamli lotoreya siznikimidi?

— Nimaydi?

— Falonchi falonchiyev siz bo’lasizmi?

— Ha, men.

— Hurmatli mijoz, siz so’nggi lotereya o’yinimizda bosh sovrin hisoblangan lo’li bolani yutib oldingiz. Agar yetti kun ichida yutuqni olib ketmasangiz, uni urug’-aymog’i bilan qo’shib uyingizga olib borishga majbur bo’lamiz!

 

* * *

 

Ikki do’st janjallashyapti:

— Sen do’st emas, yaramas ekansan! Ko’nglim qoldi sendan! Ishon, hatto janozanggayam kelmayman!

— Men bo’lsam, sening janozangga kelaman.

 

* * *

 

Restoranda xo’randalardan biri qichqirdi:

— Anavi odam ovqatga tiqilib qoldi! Hozir o’lib qolishi mumkin! Vrach bormi-yo’qmi bu restoranda?

Ofitsiant uning qichqirig’iga javoban chopib keldi-da, baqirdi:

— Vrach? Vrach restoranga kirish uchun pulni qaerdan oladi?!!

 

* * *

 

Jurnalist jurnalistga dedi:

— Yur, bizam bi-ir restoranga boramiz!

— Yo’q, men parhezdaman.

— Parhez? Qanaqa parhez?

— «Moliyaviy taqchillik» degan parhezda.

 

* * *

 

Tarix va kelajakdagi ba’zi o’xshashliklar:

1941 yil. «Raykom» yopiq. Hamma frontga ketgan.»

2017 yil. «Maktab yopiq. Hamma biznes qilishga ketgan.»

 

* * *

 

Professor talabaga dedi:

— Yana mening leksiyamga kela boshlaganingizdan juda xursandman!

— Ha-a, kursdoshlarning aytishicha, shu auditoriyada pokemonlar ko’pmish.

 

* * *

 

Nabira bobodan so’radi:

— Bobo, buvim bilan qaerda tanishgansiz?

— Internetda.

— Yo’g’-e, sizning davringizda internet bo’lmagan-ku!

— Menga qara, qaysi buvingni nazarda tutyapsan o’zi?

 

* * *

 

Angliyalik lord qasriga keldi. Xizmatkor eshikni ochdi-da, lord ichkariga kirishi bilan dedi:

— Ha, piyonista, qari eshak, yana molday ichdingmi?

— Yo’q, Jon, ichganim yo’q, dorixonaga kirib qulog’imga eshitish moslamasini xarid qildim.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit