Zakovat o'yini: “Nima toqqa uch oyoqda chiqib, bir oyoqda qaytib tushadi?..”

Bir kuni Eynshteyn poezdda bir arab bilan borardi. Uning zakovatini sinab ko’rmoqchi bo’ldi.

– Keling, bir o’yin o’ynaymiz. Men bir savol beraman. Javobini bilmasangiz, menga 5 dollar berasiz. Keyin siz menga bir savol berasiz. Men javobini topolmasam, sizga 500 dollar beraman.

Arab rozi bo’ldi.

Eynshteyn so’rayapti:

– Yer tortishish kuchining sababi nimada?

Arab biroz o’ylanib turdi-da, cho’ntagidan 5 dollar chiqarib berdi.

Savol berish navbati arabga keldi:

– Nima toqqa uch oyoqda chiqib, bir oyoqda qaytib tushadi?

Eynshteyn rosa o’ylandi. Do’stlariga telefon qildi. Hech kim javobini topa olmadi. Bir soatlardan keyin arabga 500 dollar berishga majbur bo’ldi va so’radi:

– Toqqa uch oyoqda chiqib, bir oyoqda tushadigan narsa o’zi nima edi?

Arab cho’ntagidan yana 5 dollar chiqarib, olimga uzatdi-da:

– Men ham bilmayman, – dedi.

Ularni zakovating bilan qoyil qoldira olmasang ham, hamoqating bilan lol qoldir.

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi.