Ana sizga omad! Mahalliy aholi vakili lotereyada 14,7 million dollar yutdi

Kolumbiyaning Kali shahrida yana bitta millioner paydo bo’ldi. Mahalliy aholi vakili lotereyada 56,5 million peso yutdi. Kompaniya vakillari g’olibni tabrikladilar, deb yozadi El Tiempo gazetasi.

AQSh valyutasida hisoblasak, yutuq 14,7 million dollardan ortiq. Omadli millioner lottareyaga 9, 17, 28, 35 va 38 raqamlarining kombinatsiyasini kiritganligini aytgan.

Avvalroq OAV lotereya o’ynayverib, 20 yildan so’ng ikki million dollar yutgan amerikalik haqida yozgan edi. U bir necha o’n yillar davomida bir kishi bir xil raqamlarni tanlagan. Oxir oqibat, unga omad kulib boqqan.

zamon.uz