***
Ijtimoiy himoya tashkiloti xodimi yoshi ellikdan oshgan erkakning uyiga kelib dedi:
— Oka, Amerikada amakingiz bor ekan. U yaqinda olamdan o’tibdi. Sizga ikkita uch qavatli uy, o’n million dollar pul va bitta itni vasiyat qilib qoldiribdi.
Erkak bu gapdan so’ng bosh qashib turdi-da, dedi:
— Yaramas, xasis, olchoq! Harqalay it zotli bo’lsa kerak-a?
***
Ikki erkak tabiblar haqida suhbatlashyapti. Biri ikkinchisiga dedi:
— O’z ko’zim bilan televizorda ko’rganman. Kashpirovskiy bir bolakayga “Hassani tashla va yurib ket!”, degandi, bola hassani tashlagan-u, yurib ketgan.
— O’sha bola qanday kasallik bilan og’rigan ekan?
— Shamollagan ekan.
— Unda hassani nega ko’tarib yuribdi?
— Hassani qari buvisiga olib ketayotgan ekan.
***
Ko’p qavatli uy yonidagi o’rindiqda ikki nafar yoshi yetmishdan oshgan qariya o’tirardi. Qarshilaridan mini yubka kiygan qiz o’tib ketdi-yu, qariyalarning biri dedi:
— Eh, hozir 20 yoshli yigitga aylanib qolsaydim!!!
Ikkinchi qariya unga baqirib berdi:
— Jinnimisan? Qayoqdagi 5 daqiqalik baxtni deb yana 50 yil qora tera botib ishlaysanmi?
***
Olimlar yangi tadqiqot o’tkazishdi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, endi odamlar 85 yoshga kirguncha ishga layoqatini yo’qotmas ekan. Tadqiqot homiyligini pensiya jamg’armasi o’z zimmasiga olibdi.
***
Juhud og’aynisiga dedi:
— Qo’lingga taqib olgan soating juda chiroyli ekan, Izya!
— Ha, bilaman. Bu soatni bobom rahmatli o’limidan oldin sotgandi.
***
Juhud radidokanalga qo’ng’iroq qilib boshlovchidan so’radi:
— Men yoshlar radiokanaliga tushdimmi?
— Xuddi shunday.
— Meni hozir hamma eshityaptimi?
— Hamma eshityapti. Siz jonli efirdasiz.
— Do’konlardayam, bozorlardayam eshitishyaptimi meni?
— Ha, sizni do’konlardayam, bozorlardayam eshitishyapti.
— Yaxshi… Monya, sut sotib olmas ekansan! Buvim qishloqdan yangi sog’ilgan sigir sutini olib kelibdi!
***
Besh yashar bolakay bobosidan so’radi:
— Bobo, buvim bilan qanday tanishgansiz?
— Buving bilan internetda tanishganman.
— Aldamang, u paytlarda internet bo’lmagan.
— To’xta, qaysi buvingni nazarda tutyapsan o’zi?