Yigit o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, Payg'ambarimizning sevimli hayvonini qutqardi (foto)

Samara yaqinida g’ayrioddiy qutqaruv operatsiyasi bo’lib o’tdi. Bu haqda “islam.ru” yozdi.

Poxvistnevo shahrida uch kun davomida mahalliy aholi baland daraxtga chiqib tusha olmagan mushukni tomosha qilishdi. Hayvon ochlikdan charchagan va juda qo’rqib ketgandi.

Yigit o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, Payg'ambarimizning sevimli hayvonini qutqardi (foto)

Sodir bo’lgan voqea haqidagi fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy jamoatchilik tomonidan tarqatilganidan so’ng Murod Valiyev ismli yigit mushukka yordam berishga qaror qildi.

Yigit daraxtga chiqib, charchagan, muzlagan va och qolgan hayvonni qutqardi.

Shahar aholisi esa qutqaruvchiga minnatdorchilik bildirdi: “Boshqalarning baxtsizligiga befarq bo’lmagan va mehribon yurakli Murod Valiyev, shuningdek, hayvonot dunyosini qutqarishda ishtirok etayotganlarning barchasiga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz! Murod o’z hayotini xavf ostiga qo’yib, juda baland daraxtga chiqib, mushukni qutqardi! Dunyo sizga o’xshash mard va tushunadigan odamlarga muhtoj!»