Yer yuzida erkak zoti kamayib borayotgan joylar yoxud ersiz yurgan ayollar iztirobini kim eshitadi?

Sotsiologlar dunyoning turli mamlakatlaridagi ayollar va erkaklar miqdoriy tarkibini tahlil qilib, ko’plab mintaqalarda ayol jinsi erkak jinsidan sezilarli darajada oshib ketayotganini ma’lum qilmoqdalar. Odatda erkaklar va ayollar nisbati 50/50 foiz bo’lgani eng yaxshi variant.

Jamiyatda ayollarning son jihatidan ustunligi 1-2 foizdan oshmasligi kerak va bu ko’rsatkich allaqachon muhim deb hisoblanadi. Qizlar tug’ilishining ko’payish tendensiyasi yildan-yilga oshib bormoqda. Bu sayyorada erkaklar juda kam bo’lgan joylar paydo bo’lishiga olib kelmoqda.

Erkaklar kamayib borayotgan joylarning bir nechtasini misol sifatida keltiramiz.

Shimoliy Mariana orollari

Tinch okeanining g’arbiy qismida joylashgan Shimoliy Mariana orollarida ayollar soni erkaklar sonidan ancha ko’proq. Qo’pol qilib aytganda bu hududda “erkaklar tanqisligi muammosi” bor. Shu sababli boshqa hudud erkaklari ta’til kunlarida shu yerga tashrif buyursa, maftunkor qiz do’stni topib olish ehtimoli yuqori. Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur orolda ming ayolga nisbatan hatto 700ta erkak ham to’g’ri kelmaydi.

Budapesht

Vengriya poytaxti Budapeshtda ayollar soni erkaklarnikidan ustun turadi. Hozirgi vaqtda Vengriya poytaxtidagi ayollar soni erkaklarning soniga nisbatan 5% ko’proq. Ko’pchilik odamlar ikki yoki uch foiz farqni ahamiyatsiz deb hisoblashlari mumkin bo’lsada, demografiya sohasi mutaxassislari bunday farqni juda muhim deb hisoblashadi. Shu sababli, Budapesht demograflari yolg’iz erkaklarga Vengriya poytaxtiga tashrif buyurishni maslahat berishadi.

Ivanovo

Rossiyaning Uvod daryosi bo’yida joylashgan Ivanovo shahrida ayollar erkaklarga nisbatan qariyb 2 baravar ko’p. Ruslar bu shaharning “muammo”lari haqida azaldan bilishadi. Ivanovo shahri norasmiy «Kelinlar shahri» degan nomga ega
Shuningdek, bu kabi farqlanish nafaqat Ivanovoda, balki Rossiya Federatsiyasining Kursk, Perm, Yaroslavl kabi shaharlari ham etarlicha erkaklar soni bilan maqtana olmaydi.

Kiyev

Ukrainaning poytaxti Kiyevda ayollar soni erkaklar sonidan 10 foizga ko’p (55 foiz 45 foizga nisbatan).

Tallin
Estoniya Respublikasining poytaxti Tallinda ham kuchli jins vakillari etishmasligi muammosi mavjud. Statistlar vaziyatni xavfli deb atashadi — 75% erkaklar 100% ayollarga to’g’ri keladi. 25% farq — bu qo’rqinchli ko’rsatkich. Bu jarayon demografik inqirozga olib kelishi mumkin.