O’zbekistondagi eng qimmat va arzon palov qaerda – yangi ma’lumotlar
Davlat statistika qo’mitasi O’zbekiston viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o’rtacha narxlari to’g’risida ma’lumot berdi.
Respublikadagi eng qimmat palov may oyida Toshkent shahrida tayyorlangan. Poytaxtda 1 porsiya palovning o’rtacha narxi 20 ming 250 so’mni tashkil qilgan.
Keyingi o’rinlarda Qashqadaryo (19,5 ming so’m), Samarqand (19 ming), Buxoro (19 ming), Surxondaryo (18,2 ming), Jizzax (18 ming), Toshkent (17,8 ming), Xorazm (16,8 ming), Farg’ona (16,7 ming), Sirdaryo (16,6 ming), Andijon (16,4 ming), Navoiy (15,3 ming so’m) viloyatlari qayd etilgan. Qoraqalpog’istonda bir porsiya palov 15 ming so’mga baholangan.
Eng arzon palovni Namangan viloyatida iste’mol qilish mumkin – 14,4 ming so’m.
O’rganish davomida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o’rtacha narxlari hisobga olingan, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.