Yaponiyada odamlar qon guruhiga qarab ajratilishini bilasizmi?

Yaponiyada insonning qon guruhiga katta e’tibor beriladi, odamning fe’l-atvori unga bog’liq deb hisoblanadi.

Birinchi guruh egalariga qat’iylik va o’ziga ishonch, ikkinchi guruhga – ishonchlilik va odamovi, uchinchisiga – aqllilik va shuhratparastlik, to’rtinchisiga – vazminlik va talabchanlik kabi nisbatlar beriladi.

Ko’pgina yaponiyaliklar uchun qon guruhi hatto uchrashuv belgilashda sherik tanlash mezonlaridan biridir. Ish beruvchilar uchun esa bu arizachini ma’qullash yoki rad etishda qo’shimcha omil sifatida xizmat qilishi mumkin.