2 yoshli odam bolasining imo-ishoralari shimpanzeniki bilan bir xil ekan! 1

2 yoshli odam bolasining imo-ishoralari shimpanzeniki bilan bir xil ekan!

Olimlarning maymunlar ustida olib borilgan izlanishlar natijasida qabul qilgan navbatdagi xulosalari juda hayratlanarli bo’ldi. Ma’lum bo’lishicha, 2 yoshli bolada shakllanadigan odatiy imo-ishoralarining qariyb 90 foizi shimpanzening harakatlarini takrorlar ekan. Bu haqda joriy yil 8-11 sentyabr kunlari bo’lib o’tgan Yevropa primatologlari federatsiyasining navbatdagi konferensiyasida (European Federation of Primatology Meeting) ma’lum qilindi.
– Dastlabki xulosalardan so’ng biz hayratdan qotib qoldik, – deydi tadqiqot rahbari Ketrin Xobeyter. – Tadqiqot jarayoniga jalb etilgan bolalarning bir qismi Germaniyada istiqomat qiladigan oilalardan tanlab olingan bo’lsa, qolganlari Ugandada yashovchi bolalar bo’lib, kuzatuv olib borilgan shimpanzelar ham sof yovvoyi sharoitdagi maymunlardir.
Tadqiqotlar yakunidagi umumiy xulosaga ko’ra 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalar “repertuari”da 52 xil turli imo-ishoralar bo’ladi va ularning 46 tasini shimpanzelar ham o’zaro muloqot jarayonida ishlatar ekan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *