image0

O‘zgidromet 14-16 aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 aprelda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 14-15 aprelda 23-28 daraja, 16 aprelda 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 aprelda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 aprelda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 aprelda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-15 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja, 16 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 aprelda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 aprelda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 14 aprelda 29-34 daraja, 15-16 aprelda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 va 16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 va 16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14 aprelda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 14-15 aprelda 13-18 daraja, 16 aprelda 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-18 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.