Afsuski, so’nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali ommani chalg’ituvchi va shaxslar ongiga ta’sir qiluvchi sarlavha ostidagi ma’lumotlar ko’p uchramoqda.
Bu holatlar bo’yicha axloq va huquq normalari nima deydi?
Jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari o’z kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart bo’lgan ma’naviy-axloqiy yo’nalish belgilangan “O’zbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi” kabul qilingan.
Mazkur kasb etikasi kodeksida haqqoniylik, xolislik, adolat, fikrlar xilma-xilligi va inson huquqlariga hurmat O’zbekiston jurnalistlari faoliyatining asosiy qoidasi hisoblanishi belgilangan.
Shuningdek, kodeksda jurnalist axborotlar bilan ishlashda betaraflik va xolislik tamoyillariga, xususan jurnalist betaraf bo’lishi, voqea-hodisalarni xolisona va haqqoniy yoritishi, muomala madaniyati va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi deb belgilab qo’yilgan.
Jurnalist har qanday sharoitda ham yolg’on axborot e’lon qilmasligi, dalillarni buzib ko’rsatmasligi va ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni ataylab yashirmasligi kerak.
Shunday ekan jurnalistlarimizni Internet jahon axborot tarmog’iga ma’lumotlarni joylashtirishda ommani chalg’itadigan va ularda noto’g’ri fikrlar uyg’otadigan sarlavhalar qo’ymaslikka chaqirib qolamiz.
Unutmang, xolislik, ishonchlilik, betaraflik — professional jurnalistikaning yuqori standartlari va asosiy prinsiplaridir.
Manba: Adliya vazirligining Matbuot kotibi