Eng kriminal davlatlar reytingi tuzib chiqildi. Bu bo’yicha statistik ma’lumot Global Initiative against transnational organized crime tomonidan tayyorlandi.

Ushbu ro’yxatga 193 davlat kiritildi. Reyting kriminal bahosi va hukumatning kriminal dunyo bilan kurashiga qarab tuzib chiqildi.

O’zbekiston ushbu reytingda 90 o’rinni egalladi. Qo’shnilarimiz Qozog’iston 133, Tojikiston 62, Qirg’iziston 72 o’rinda va Rossiya 32 o’rinda qayd etildi. Ta’kidlash joiz, eng kriminal davlat deb Kongo Respublikasi topildi, undan keyin Kolumbiya va Myanma o’rin oldi.