XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

TOVUS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Tovus dum qismining afsonaviy yoyilib, turli ranglarda jilolanishi sababli dunyodagi eng go’zal qush hisoblanadi.

2. Aslida tovusning dumi juda kalta va joziba kasb etmaydi. Dumning yuqori qismidan o’sib chiqqan rang-barang patlar uning dumini «sohibjamol»ga aylantirgan.

3. Tovus tovuqlarning yaqin qarindoshi sanaladi.

4. Tovus Hindiston va Eronda milliy timsol sifatida qadrlanadi. Chunki induizmda tovus ilohiy qush deya tan olingan.

5. Tovuslar 20 yilga yaqin umr ko’radi. Ular uch yoshga to’lgach, rang-barang patlari o’sib chiqadi.

6. Har bir tovus erkagi uchtadan urg’ochi bilan birga yashaydi. Ya’ni, ularda ko’pxotinlilik odatiy hol ekan.

7. Tovusning patlari uzunligi 2 metrgacha yetadi.

8. Tovus o’z patlaridan nafaqat go’zallik, balki dushmanlar hujumidan saqlanishda ham unumli foydalanadi. U patlarini yoyib yuborgan mahal yirtqich patlar orasidan go’yo ko’plab ko’zlar o’ziga boqib turganini ko’radi va qo’rqqanidan ura solib qochadi.

9. Tovuslar xuddi o’sha rang-barang patlari yordamida bir-biri bilan tillashadi. Olimlarning aniqlashicha, patlar harakatlangan mahal o’zidan infratovushlar taratarkan. Bu tovush odamlarga eshitilmaydi. Ular o’sha tovush orqali bir-birlarini xavfdan ogoh etadi.

10. Tovuslar osmonda parvoz qilish masalasida uncha-muncha qushlarni ortda qoldira oladi.

11. Tovuslar juda ehtiyotkor bo’ladi. Ularning harakatlari, bezovtalanishiga qarab yaqinlashib kelayotgan kataklizmlar, masalan, kuchli momoqaldiroq, bo’ronlardan ogoh bo’lish mumkin.

12. Sharqda tovuslar abadiy hayot va faxr, g’urur ramzi sifatida qadrlanadi.

13. Ayrim davlatlarda uyda tovus boqilsa, balolar yog’iladi deb o’ylashadi.

14. Tovus go’shtidan tayyorlangan taomlar dunyo miqyosida juda yuqori baholanadi. Birinchi bo’lib tovus go’shtini o’z davrida Ivan Groznыy tatib ko’rgan ekan.

15. Tibet monaxlarining aytishiga ko’ra, tovus go’shtidan tayyorlangan taom immunitetni ko’tarib, ko’z xastaliklaridan xalos etarkan.

16. Qadimda tovus patini yuqori tabaqaga tegishli ayollar qo’lidan qo’ymagan.

17. Afrika davlatlarida tovuslarning nikoh mavsumi yomg’irlar davriga to’g’ri keladi. Shu sababli afrikaliklar ularni yomg’ir chaqiruvchi qush sifatida yaxshi ko’radi.

18. Tovus kobra ilonlarni tutib yeyish bo’yicha tengsiz. Shuning uchun hindistonliklar hamisha o’zlari yashaydigan uy yoniga alohida in qurib, tovus boqishadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…