* * *
Ikki do’st uchrashib qolishdi va biri ikkinchisiga dedi:
— Uyga ichib kelsam, xotinim ichkariga kiritmaydi.
— Sen boshqacha yo’l tut. Masalan, xotining eshikni ochishi bilan ustingdagi kiyimlaringni yechib ichkariga ot. U seni yalang’och holda hech qachon tashqarida qoldirmaydi.
Oradan ma’lum vaqt o’tib do’sti o’sha yigitdan so’radi:
— Xo’sh, maslahatim foyda berdimi?
— Bilasanmi, aytganingni qilib, eshikni ochishi bilan kiyimlarimni yechib ichkariga irg’itgandim. U yaramas bo’lsa, begona ovozda: «Eshiklar yopiladi! Keyingi bekat Milliy bog’!» deb aytdi.
* * *
Erkak go’zal bir qizni mashinasida manziligacha eltib qo’ydi. Qiz tushib ketayotib o’rindiqqa bitta mingtalik tashladi.
— Yaxshi qiz, bu ishingiz bilan meni haqorat qilayapsiz!
— Voy, qancha beray unda?
— Hech bo’lmasa, ikki ming.
— Yo’q, sizni ikki marta haqorat qilishni istamayman.
* * *
Militsioner to’xtab turgan mashina ichiga qarasa, salonda yigit va qiz o’tirishibdi. Yigit jurnal varaqlayapti, qiz esa nimadir to’qiyapti. Militsioner so’radi:
— Nima qilayapsanlar?
— Ko’rmayapsizmi? Men jurnal o’qiyapman.
— Qiz-chi?
— U to’qiyapti.
— Sening yoshing nechada?
— Yigirmada.
— Qizniki-chi?
Yigit soatiga qarab dedi:
— Roppa rosa o’n daqiqadan so’ng o’n yettiga to’ladi.
* * *
Xotin eriga dedi:
— Mana ko’rasiz, karavotga sizni jinni deb yozib qo’yaman! Butun shahar kimligingizni bilib qo’ysin!
* * *
Kurortdan o’g’ilchasi bilan qaytgan xotin eriga dedi:
— Kurortda ajoyib kishilar bor ekan. Masalan, men mehnat qahramoni bilan tanishdim.
O’g’ilchasi o’zicha ming’irlab qo’ydi:
— Qahramonmish… Bir o’zi uxlashga qo’rqarkan-ku!..
* * *
Tunda qiz uyga kelib onasiga dedi:
— Oyi, men yo’ldan besh ming so’m topib oldim!
— Qizim, oldin etagingdagi xashaklarni qoqib ol! Va ikkinchi yolg’on gapirishga odatlanmagin!.. Sening yoshingda men ko’proq pul topganman.
* * *
Psixiatr bemordan so’radi:
— Rostdan ham bir qarorga kela olmaslik kasalidan azob chekayapsizmi?
— Ha va yo’q, do’xtir.
* * *
Yangi boyning bolasi otasiga dedi:
— Dada, aylanishga ketayapman, pul bering!
— Bor, shkafda turibdi, olaver!
— Qancha olay?
— Ikki santimetr yetar?..