DAZMOL HAQIDA HAQIQATLAR
1. Elektr dazmol uchun amerikalik ixtirochi Genri Sili 1882 yil 6 iyunda patent olgan. Dazmolning ichki qismiga spiral joylashtirgan. Shu spiral yordamida dazmol qizdirilgan. Ammo ixtironing ilk mahsuli jiddiy nuqsondan ham xoli emasdi. Ya’ni, issiqlik darajasini me’yorda ushlab turuvchi o’tkazgich yo’q edi. Shuning oqibatida tez-tez kiyimlar kuyib ketish holatlari uchrab turgan.
2. Qadimda dazmol o’rnida odamlar yassi toshlardan foydalanishgan. Toshni yuvilgan ho’l kiyim ustiga bostirib qo’yishgan. Kiyim qurib, toshning sharofati bilan g’ijimlardan xoli bo’lgan. Bundan tashqari, dazmol o’rnida odamlar skovorodkadan ham foydalanib ko’rishgan. Uning ichiga cho’g’ holatidagi ko’mirni solishgan. Biroq tez-tez cho’g’langan ko’mir skovorodka ichidan sakrab chiqib ketib kiyimlarni kuydirib qo’yavergan.
3. Qadimda dazmolning bahosi juda yuqori bo’lgan. Shu sababli uni faqat boylargina sotib olgan. Har bir dazmolning sof vazni esa 10 dan 15 kilogrammgacha bo’lgan.
4. Boylar uchun dazmolning alohida turi yaratilgan. Ularga ustalar mis va kumush qo’shishgan. Albatta, bahosi ham shunga yarasha bo’lgan.
5. Rossiyada dazmol 1636 yil 10 fevral kuni paydo bo’lgan. O’sha paytlarda mamlakatni shoh Mixail Fyodorovich boshqargan. Xarajatlar kitobiga xuddi shu kuni ilk marotaba dazmol ham kiritilgan. Temirchi Ivashka Trofimov degan odamga 5 oltin miqdorda pul berilib, shoh uchun maxsus dazmol yasash vazifasi topshirilgan.
6. XIX asrda gazli dazmollar paydo bo’ldi. Ular gaz ballonga maxsus trubka yordamida ulangan. Bu dazmollar ishlatishga qulay edi. Faqat tez-tez portlab ketaverib xunob qilgan.
7. 1868 yili musiqali dazmollar sotuvga chiqdi. Kiyimlarni dazmollayotgan mahal ular o’zidan yoqimli kuylar taratib turgan. Musiqiy dazmollar 50 yildan ziyod vaqt doimiy ravishda ishlab chiqarilgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi