XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

IShSIZLIK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Olimlarning hisoblashicha, ishsizlik inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Organizm qarishi tezlashadi. Infarkt, insultga uchrash xavfi kuchayadi.

2. O’tgan asrning yigirmanchi — o’ttizinchi yillari oralig’ida Amerikada har to’rtinchi odam ishsiz qolib ketgan. Jamoat transportida yo’l haqini to’lash uchun puli yo’qligi sababli odamlar tramvaylar, avtobuslar tomida ketishga majbur bo’lgan. Ammo bu o’ta xavfli edi. Shuning oqibatida o’z davrida ellik ming nafardan ortiq odam o’lim topgan, yoki jiddiy jarohatlar tufayli nogiron bo’lib qolgan.

3. Ishsizlar soni ko’pligi bo’yicha Afrikadagi Zimbabve yetakchi o’rinni egallaydi. Mamlakat aholisining 90 foizi doimiy ish joyiga ega emas.

4. 1930 yil 13 martda sobiq sovet ittifoqida so’nggi mehnat birjasi yopilgan. Sobiq sovetlar o’zini ishsizlikka to’liq barham berilgan yagona davlat deb e’lon qilgan ekan. Stalin ishsizlikni yo’q qilish birinchi besh yillikning asosiy vazifasi ekanini ta’kidlagan.

5. Shveysariyada 2016 yili referendum o’tkazilgan. Bunga ko’ra mamlakatning har bir fuqarosiga ishlash-ishlamasligidan qat’i nazar har oyda 2500 frankdan nafaqa to’lashga qaror qilingan.

 

KARAM HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

1. Karam so’zi qadimiy yunon tilidan olingan bo’lib, tarjima qilinganda, «Bosh» ma’nosini beradi.

2. Qadimiy Misrda karam faqat firavnlar dasturxoniga tortilgan. U delikates hisoblangan.

3. Karam tuzlashni esa xitoyliklar boshlab bergan. Buyuk Xitoy devori qurilishi jarayonida ishchilarni tuzlangan karam bilan boqishgan ekan.

4. Kapusta yetishtirish bilan o’z davrida qadimiy yunon matematik olimi Pifagor ham shug’ullangan ekan. Olim karam asablarni tinchlantiradi, pozitiv kayfiyat hadya etadi deb hisoblagan.

5. Qadimiy yunonlar va rimliklar karamning o’ndan ortiq navini yetishtirgan. Hozirda uning yuzdan ortiq navi mavjud.

6. Karam tarkibida nitratlar tarvuzdagidan ham ko’proq.

7. G’arbiy Virjiniyada karam tuzlash rasman taqiqlangan. Bu amal badbo’y hidlar qo’shnilarning nafsoniyatiga tegadi deb hisoblashadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…