KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Mahluqlar daryodan narigi sohilga suzib o’tishardi. Filning beliga burga chiqib oldi. Fil dedi:

— Hadeb turtkilayvermanglar!

Burga:

— Kechirasiz, payqamay qolibman!

 

* * *

 

Bir yigit do’stiga maslahat berayapti:

— Sen endi uylanmasang bo’lmaydi. Qachongacha bo’ydoq yurasan? Istasang, mening bir tanishim bor. Juda yaxshi qiz. Harakatchan, ozoda, ishchan, halol qiz. Har qanday ishni eplab ketadi. Faqat seni ogohlantirib qo’yay. U qiz sal homiladorroq.

 

* * *

 

Erkak kompyuter qarshisida o’tirgandi. Kutilmaganda derazadan qog’ozga o’ralgan g’isht uchib kirib to’g’ri monitorga tegdi. Monitor sindi. Erkak sekin g’ishtni qog’ozdan olib qarasa, qog’ozga quyidagi so’zlar yozib qo’yilibdi:

— Yangi monitor sotaman!

 

* * *

 

— Og’ayni, bilasanmi, boyib ketishning zo’r yo’lini topdim!

— Topgan bo’lsang, juda yaxshi. Lekin aytib qo’yay, sen mendan o’tgan kunigina qarz olgansan.

 

* * *

 

Birinchi o’qish kuni. Muallima birinchi sinfga kelgan o’quvchilarni partalarga o’tqazib chiqayapti.

— Shahnoz, Eshmat bilan bir partada o’tirasan!

— U bilan o’tirmayman.

— Voy, nega?

— Uning sevgan qizi «1-A»da!

 

* * *

 

O’limga mahkum etilgan odam jallodga dedi:

— Men bu kundaga boshimni qo’yishdan bosh tortaman. Kundani ikki barobar pastga tushiring!

— Nega?

— Chunki, bu balandlikdan boshim pastga yumalab tushsa, miya chayqalish kasaliga uchrashdan qo’rqaman.

 

* * *

 

Erkak oltin baliq tutib oldi. Baliq:

— Uchta tilak ayt, ado qilaman! Faqat bilib qo’y, senda bor narsa qo’shningda o’n barobar ko’p bo’ladi!

Erkak bir million dollar so’radi. Shu zahoti qo’shnisida o’n million dollar paydo bo’ldi. Shunda erkak baliqqa dedi:

— Iltimos, meni mikroinfarktga duchor qil!

 

* * *

 

Ishdan charchab uyga qaytgan er xotiniga dedi:

— Tez kechki ovqatni suz! Ovqatlanaman-u, yotib dam olaman. Kim so’rasa, uyda yo’q degin!

Er ovqatlanib bo’lgach, endigina divanga yonboshlagandi, telefon jiringladi. Go’shakni xotini ko’tardi.

— Allo!.. Ha… Erim uyda!..

Er:

— Axir iltimos qilgandim-ku meni uyda yo’q degin deb!..

— Xavotir olmang!.. Sizga qo’ng’iroq qilishgani yo’q!

 

* * *

 

Gazetadagi e’londan:

— Yosh, kelishgan, dengizda yaxtalari bor, boyvachcha, zararli odatlarsiz yigit turmush o’rtog’i qidirayapti. Telefon…

Hayajonga tushgan bir qiz darhol qo’ng’iroq qilib undan so’radi:

— Nahotki, birontayam yomon odatlaringiz bo’lmasa?..

— Bilasizmi… Bir odatim bor… Ahyon-ahyonda yolg’on gapirib qo’yaman.

 

* * *

 

Mashina haydab ketayotgan ayolni militsioner to’xtatib so’radi:

— Siz mashinada ketayapsiz. Men qo’limni ko’tardim. Bu nimani anglatadi? Bilasizmi?

— Nega bilmas ekanman? O’ttiz yildan beri maktabda o’qituvchilik qilaman, axir!

 

KUN KULGISI…KUN KULGISI…KUN KULGISI…