XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

PELE HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

Futbol qiroli Pelening to’liq ismi-sharifi Edson Arantis du Nasimentu. Pele uning taxallusi. Futbolchining o’zi ham nega uni shunday atashlariga javob topa olmagan. Ammo shunisi aniqki, uni bolaligidanoq Pele deb chaqira boshlashgan ekan.

1. Futbol qiroli Pele 1940 yil 23 oktyabrda tavallud topgan. Otasi Donino ham futbolchi bo’lgan. Biroq yuksak cho’qqilarni zabt eta olmagan. Shunga qaramay, Pele kelajakda xuddi otasi kabi futbolchi bo’lishni orzu qilgan ekan.

2. 1958 yili Braziliya termasida to’p surgan Pele jahon chempioniga aylangan. Umuman, u uch karra — 1958, 1962, 1970 yillarda jahon chempioni bo’lgan.

3. Futboldagi faoliyati davomida Pele raqib darvozasini 1281 marta aniq nishonga ola bilgan. Uning minginchi golini milliy bayram sifatida keng nishonlashgan.

4. Peleni 1961 yildan futbol qiroli deb atay boshlashgan. Bu voqea Fransiyaga safari davomida yuz bergan.

5. Bir kuni match paytida kolumbiyalik hakam Peleni maydondan chetlatmoqchi bo’ldi. Shuning natijasida futbolchi hakam bilan mushtlashib ketdi. Fanatlar tartibsizliklarni keltirib chiqarishdi. Bu voqea oxir-oqibat hakamning o’zini maydondan chetlatish bilan yakun topdi.

6. 1999 yili Xalqaro olimpiya qo’mitasi Peleni yigirmanchi asrning eng yaxshi futbolchilari beshligiga qo’shdi. Buning hayratlanarli jihati shundaki, Pele faoliyati davomida hech qachon olimpiya o’yinlarida to’p surmagan.

7. 1969 yili Pele «Santos» klubi tarkibida Nigeriyaga tashrif buyurdi. O’sha vaqtlar Nigeriyada fuqarolar urushi qizigandan qizigan edi. Pelening tashrifi munosabati bilan yovlashgan taraflar ikki kun muddatga yarash bitimi tuzib, futbol qiroli ishtirokidagi matchni tomosha qilgan.

8. 1995 yili Ruanda davlatida yashovchi fuqarolardan biri Amerika yuk tashuvchi kemasida Braziliya sohillarigacha yetib oldi. U yerdan Pele yashaydigan manzilgacha piyoda bordi va Peledan u yashaydigan mamlakatda xutu, tutsu xalqlari o’rtasida urush avj olganini bayon qilib, ularni yarashtirib qo’yishni iltimos qildi.

9. Pele futboldan ketgach, bir necha filmlarda suratga tushgan. Bundan tashqari, u o’zi she’r yozib, musiqa bastalaydi va yana o’zi kuylaydi. Pele kitob ham yozadi.

10. Ilk bor Pelening «Men — Peleman» kitobi chop etilgach, Braziliyadagi ko’plab savodsizlar shu kitobni o’qib chiqish ilinjida savodini chiqargan ekan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…