XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

USMONIYLAR IMPERIYaSI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Usmoniylar imperiyasi 600 yil davomida gullab-yashnagan. Shu muddat oralig’ida ko’plab davlatlar bosib olingan.

2. 16-17 asrlarda usmoniylar zabt etgan yerlar hajmi 20 million kvadrat kilometrga teng bo’lgan.

3. Imperiyaning shimoliy chegaralari hozirgi Avstriya, Polsha va Litva hududlarigacha yetgan.

4. Imperiya fuqarolari turli tillarda tillashishgan. Ammo asosiy til sifatida turkman tili tan olingan.

5. Agar usmoniylar imperiyasi hozir ham mavjud bo’lganda, Rossiya bilan chegarasi umumiy hisoblangan bo’lardi.

6. Taxt talashish oqibatida sovuq urush kelib chiqmasligi, imperiyada tartib hukm surishi uchun usmoniylar sultonlari barcha aka-uka, erkak qarindoshlarini qatl etgan. Bu qonun ikki yuz yil davomida o’z kuchini yo’qotmagan.

7. Birinchi jahon urushi usmoniylar imperiyasi qulashiga sabab bo’ldi. Buning o’rniga Turkiya respublikasi tashkil etildi. Imperiyaga tegishli bo’lgan davlatlar hozir Jazoir, Serbiya, Chernogoriya, Albaniya, Misr va hokazo nomlarni olgan.

8. Aynan usmoniylar imperiyasida ilk bor lola yetishtirilgan.

9. Imperiyaning musulmon bo’lmagan fuqarolari uchun qo’shimcha soliqlar joriy etilgan.

10. Usmoniylar imperiyasi sultonlarining barchasi o’z haramiga ega bo’lgan. Ayrim haramlarda 2000 nafargacha kanizak saqlangan.

11. Imperiya o’z tarixida Rossiya bilan jami 12 marta jang olib borgan.

12. Imperiyada yashovchi nasroniylar ot inish va yonida qurol olib yurish huquqiga ega bo’lmagan.

Olimjon HAYIT tayyorladi