SVETOFOR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ilk svetofor 1868 yil 10 dekabr kuni Londondagi Angliya parlamenti binosi qarshisiga o’rnatilgan.

2. Dastlab svetoforni qo’l yordamida boshqarishgan. Maxsus kaltakcha yuqoriga ko’tarilsa, «to’xta» ma’nosini bergan. Pastga tushirilsa, o’tishga ruxsat berildi deya tushunilgan. Tunlari gazli fonar ishlatilgan. Fonar qizil va yashil chiroq vazifasini o’tagan.

3. 1869 yil 2 yanvar kuni gazli fonar portlab ketgan. Uni ushlab turgan politsiyachi og’ir jarohat olgan.

4. Elektr tokiga ishlaydigan ilk svetoforni 1912 yili Lester Vayr yaratgan.

5. Amerikaning Nyu-York shtatidagi Sirakyus shahrida kelib chiqishi irlandiyalik bo’lgan muhojirlar yashaydi. Xudi shu yerda svetoforning yashil chirog’i yuqorida, qizil chirog’i pastda joylashgan. Buning jiddiy sababi bor albatta. Aytishlaricha, ilk bor shu yerga 1925 yili svetofor o’rnatilgan. Unda yashil chiroq odatdagidek pastda, qizil chiroq yuqorida bo’lgan. Bolalar svetofor chiroqlarini urib sindira boshlashgan. Chunki yashil chiroq Irlandiya ramzi hisoblangan. Shuning uchun uni pastga o’rnatishgani irlandlarga alam qilibdi. Oxiri shahar rahbarlari ular talab qilganidek, yashil chiroqni yuqoriga chiqarishgan. Lekin oradan ma’lum vaqt o’tgach, baribir yana yashil chiroq pastga tushirilgan.

6. Bitta svetofor ob’yekti texnik jihati qanday bo’lishidan qat’i nazar davlatga 30 dan 80 ming dollargacha tushadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi