XOH IShONING, XOH IShONMANG… 1

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

JILMAYISh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Hatto, majburan jilmayish ham kayfiyatni ko’taradi. Psixologlarning ta’kidlashicha, erta tongda qancha ko’p jilmaysangiz, kun davomida a’lo kayfiyat sizni tark etmas ekan.

2. Jilmayish immunitetni ko’taradi. Jilmayishdan so’ng tana bo’shashadi. Pozitiv tuyg’ular bizning jismoniy holatimizda o’z aksini topadi. Organizm yanada mustahkam tortadi.

3. Jilmayish stressni quvib soladi. Chunki bu mahal organizm quvonch gormonlari hisoblanmish endorfin ishlab chiqara boshlaydi.

4. Jilmayish ham yuqumli hisoblanadi. Shvetsiya olimlari aytishmoqdaki, odam jilmayganda va esnaganda yonidagi boshqa odam ham bu holatni o’zidan o’tkazishni xohlab qoladi.

5. Jilmaygan paytimizda yuz mushaklari go’yo badantarbiya mashqlarini bajaradi. Bu vaqt yuzdagi jami 53 ta mushak ishga tushadi va ular jilmayish yordamida mustahkamlanadi, ulardagi qon aylanish jarayoni yaxshilanadi.

6. Bolalar onadan tug’iliboq jilmaya boshlaydi. Jilmayish ular uchun tug’ma iste’dod sanaladi.

7. Jilmayish ayolga qo’shimcha husn beradi. Ular jilmaygan mahal yanada jozibali sohibjamolga aylanib qolishadi.

8. Ayol erkakka nisbatan ko’proq jilmayadi.

9. Xalqaro jilmayish kuni dunyo miqyosida har yili oktyabrning birinchi jumasi kuni bayram qilinadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *