Yaponiyalik 108 yoshli Shitsui Xakoishi dunyodagi eng qari sartarosh sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda “Kyodo News” xabar berdi.
Umumiy hisobda 108 yil-u 115 kundan beri yashab kelayotgan ayol 1916 yil 10 noyabrda mamlakatning Tochigi prefekturasida joylashgan Nakagava shaharchasida dehqon oilasida tug‘ilgan. Xakoishi 14 yoshida sartarosh bo‘lishga qaror qilgan va Tokioga ko‘chib o‘tgan. U yerda dastlab shogird sifatida o‘z hunarini puxta egallagan. U 20 yoshida sartaroshlik guvohnomasini olgan va eri bilan birga salon ochgan. 1937 yilda boshlangan Yaponiya-Xitoy urushida halok bo‘lishidan oldin ularning ikki farzandi bor edi.
1945 yil 10 martda Tokioga AQSH tomonidan o‘t ochilishi oqibatida Xakoishi salonini yo‘qotdi. Bundan oldin u va uning bolalari Tochigi prefekturasining boshqa joylariga evakuatsiya qilingan.
Sartarosh 110 yoshigacha qaychini qo‘lidan qo‘ymasligini va o‘sha vaqtgacha ishlashda davom etishini aytgan.
“Bu yil men 109 yoshga to‘lyapman, shuning uchun 110 yoshga yetgunimcha davom etaman”, degan u o‘ziga ishonch bilan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng keksa odam sifatida tanilgan yaponiyalik Tomiko Itooka vafot etgach, braziliyalik rohiba Inax Kanabarro Lukas 116 yosh 211 kunlik yoshida dunyodagi eng keksa odamga aylangandi.