Yanvar eng sovuq oy sifatidagi nomini oqlamadi
O‘zgidromet ertaga, 14 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 2025 yilning fevral oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qilgandi.