* * *
— Toshmatvoy, dadang qancha maosh oladi?
— Ikki yuz ming so’m.
— Uyga qanchasini olib keladi?
— Sakson ming.
— Nima balo, matematikani bilmaysanmi?
— Yo’q, siz mening dadamni bilmaysiz.
* * *
— Nega sen shunchalar erinchoq, dangasa xotin bilan yashayapsan?
— Boshqasini topishga erinaman!
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Erim aytganki, agar unga yana xiyonat qilsam, o’zini o’zi osib qo’yarkan. O’shandan beri unga yashirincha xiyonat qilib kelyapman va adashmasam, uni ellik marta o’limdan asrab qoldim.
* * *
Juhud sherigiga dedi:
— Yur, kafega kirib ovqatlanamiz!
— Gap yo’q. Pulini kim to’laydi?
— Pulinimi? Unda bunday qilamiz. Hov anavi favvora suviga baravar boshimizni tiqamiz. Kim oldin suvdan boshini ko’tarsa, o’sha to’laydi…
Ertasiga gazetalarda shunday e’lon paydo bo’ldi: «Kecha shahardagi favvoralardan biriga ikki juhud yigiti cho’kib ketish natijasida halok bo’ldi».
* * *
Muallima:
— O’quvchilar! Hech qachon jonivorlarni o’pmanglar! Bu narsa turli kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin. Xo’sh, shunga kim yaqqol misol keltira oladi.
Eshmat:
— Men!
— Qani, keltir-chi!
— Xolamning to’tiqushi bor edi. Xolam har kuni uni erkalab o’pardi.
— Keyin-chi?
— Oxiri to’tiqush jinni bo’lib qoldi.
* * *
Avtodo’kon eshigi tepasidagi e’londan:
— Har bir «Lasetti» sotib olgan odamga sovg’a sifatida bir shishadan limonad taqdim etiladi.
* * *
Erkak sudyaga dedi:
— Men xotinim bilan ajrashishni xohlayman.
— Nima sababdan?
— Ilgari ishdan kelsam, hovlidagi itimiz hurib menga salom berardi. Xotinim esa darrov qo’limdan sumkamni olardi. Endi esa hammasi aksincha bo’layapti.
* * *
Yigit sevgan qiziga dedi:
— Yur, kinoga tushamiz!
— E, yaxshisi biznikiga bora qolaylik!
— Senikida nima bor? Baribir, televizoring buzuq-ku!
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Kecha menga bir lo’li xotin uchradi. Uning aytishicha, to’rt farzandli bo’larkanman. Lekin birinchi farzandim xunuk, ikkinchisi piyonista, uchinchisi o’g’ri bo’larmish. Faqat to’rtinchi farzandimgina risoladagidek bo’larkan.
— Voy, unda birdan to’rtinchisini tug’ib qo’yaqol!
* * *
Bolakay buvisiga dedi:
— Buvijon, menga ming so’m berib turing! Pensiyadan qaytaraman!
— Ie, bu nima deganing? Sen pensiyaga chiqquningcha men allaqachon olamdan o’tib ketaman-ku!
— E, men sizning pensiyangizni nazarda tutayapman.
* * *
Yangi boy Shveysariya bankiga bordi-da, xodimalardan biriga dedi:
— Men bankingizga pul qo’ymoqchi edim.
— Qancha?
Yangi o’zbek xodimaning qulog’iga shivirladi:
— Uch million dollar.
Xodima:
— Balandroq ovozda gapiravering! Bizda kambag’allik ayb hisoblanmaydi.