XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ANDORRA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Andorrada yevro valyutasi yordamida oldi-sotdi amalga oshiriladi. Ammo bu davlat Yevropa ittifoqi tarkibida emas.

2. Andorrada temir yo’llar umuman yo’q.

3. Mamlakat poytaxti Andorra-la-Velya. Bu shahar dengiz sathidan 1 kilometr balandlikdagi tog’ cho’qqisida joylashgan.

4. Andorrada pochta xizmati tekin. Faqat xorijga jo’natma jo’natayotganlar xizmat haqi to’laydi.

5. Andorraning armiyasi ham yo’q.

6. Bu yerda aholining hayot tarzi Yevropadagidan ham yuqoriroq.

7. Andorrada turma umuman yo’q. Jinoyat ham sodir etilmaydi.

8. Andorrada advokatlar faoliyati 1864 yili taqiqlangan. Qonun hanuz o’z kuchida turibdi. Unda qayd etilishicha, advokatlar qorani oqqa aylantirishda ustasi farang ekan.

9. Bu mamlakatning milliy valyutasi hech qachon bo’lmagan va bo’lmasa ham kerak. Pul kolleksiyasi ishqibozlari uchungina Andorra dinorlari zarb etiladi.

10. Andorrada hammasi bo’lib 80 ming kishi istiqomat qiladi. Ammo bu mamlakatga har yili 11 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi.

11. Andorrada umuman aeroport yo’q.

12. Birinchi jahon urushi paytida Andorra Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Biroq keyinchalik bu haqda davlat rahbarlari unutib qo’yishdi. 1957 yilga kelib birdan eslab qolishdi-yu, Germaniya bilan tinchlik masalasida bitim imzolashdi.

13. Andorra shu qadar kichik bo’lishiga qaramay, bu yerda chumolining 75 ga yaqin turi yashaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi