XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ShAKAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Shakar organizmga kirgach, fruktoza va glyukozaga ajraladi. Organizmdagi quvvatning 50 foizini aynan glyukoza yetkazib beradi.

2. Ilk bor shakar ishlab chiqarish Hindiston hududida boshlangan.

3. Shakar lavlagi va shakarqamishdan olinadi.

4. Shakar miyaning qoniqish, lazzat olish markaziga dopamin gormoni kelib tushishini ta’minlaydi. Shuning oqibatida ko’pchilik shakarga qattiq bog’lanib qoladi.

5. Shakarqamish poyasi 9 metrgacha bo’y cho’za oladi.

6. Shakarga, shirinlikka o’chlik avloddan avlodga meros sifatida o’tadi.

7. Shakarni me’yoridan ko’p iste’mol qilish organizmda insulin darajasi yuqorilashiga olib keladi. Bu esa kelgusida saratonga uchrash xavfini oshiradi.

8. Shakar ketchupda ham, nonda ham mavjud.

9. Tabiiy shakar laktoza va fruktozadan tashkil topadi.

10. Olimlarning izlanish natijalari shuni ko’rsatdiki, ko’p miqdorda shirinlik iste’mol qilish xotirani susaytirib, miyaning tez qarishini ta’minlar ekan.

11. Lavlagidan shakar olish zavodi ilk bor Polsha hududida joylashgan Kunerna shahrida Axard ismli nemis tarafidan qurilgan.

12. Chexiyada oq qandga yodgorlik o’rnatilgan. Chunki oq qand 1843 yili xuddi shu mamlakatda yaratilgan.

13. Shakarqamishdan olingan shakar lavlagidan olinganiga nisbatan ko’proq foyda beradi. Uni organizm tezroq qabul qiladi.

14. Dunyoda shakardan plastmassa ishlab chiqarishda, dorishunoslik va tamaki ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi.

15. XVIII asr oxiriga qadar shakar hashamat hisoblanib, uni «oq oltin» deb atashgan.

16. O’rta asrlarda Yevropada shakar shifobaxsh dori sifatida qabul qilingan va dorixonalardagina sotilgan.

17. Braziliya va Hindistonda shakarqamishdan avtomobil yoqilg’isi olinadi. Aytishlariga ko’ra, bu atmosferani benzinga qaraganda ancha kam ifloslantirarkan.

18. Har yili dunyo bo’yicha 110 million tonna shakar ishlab chiqariladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi