Telegram parolingiz o'g'irlanganini bilishning oson yo'li topildi

Turli servislarda, pochta xizmatlarida login va parollarning o’g’irlanishi holatlari uchrab turadi. Qozog’istonlik axborot xavfsizligi mutaxassisi Botirjon Tyuteev elektron pochtaning paroli o’g’irlanganini aniqlab beruvchi Telegram-bot yaratdi.

MailSearchBot deb nomlanuvchi mazkur bot elektron pochta akkauntlarining parollarini «sizib chiqqan» ma’lumotlar bazalaridan izlab ko’radi. Undan foydalanish judayam oson: mana bu havola orqali o’tib, bot bilan muloqotni boshlaysiz. Unga tekshiriladigan email manzilini yuborasiz va biroz muddat kutasiz.

Telegram parolingiz o'g'irlanganini bilishning oson yo'li topildi

Agarda qachondir xakerlar uning parolini o’g’irlashgan bo’lsa, o’sha o’g’irlangan parollar ro’yxati keladi. Bordiyu ushbu pochtangiz parolini biror martayam o’g’irlashmagan bo’lsa, MailSearchBot boti hech nima topilmagani haqida xabar beradi.

Botirjon Tyuteevning so’zlariga ko’ra, ayni damda ushbu dasturning bazasida salkam 9 milliard juft login-parol mavjud. Agarda pochtangizning hozirgi parolini MailSearchBot topa olsa, uni tezda almashtirganingiz ma’qul, deydi dasturchi.