XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ZUMRAD HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Zumrad dunyodagi tan olingan to’rtta qimmatbaho toshning biri hisoblanadi.

2. Uni dunyoda olmos bilan teng ko’rishadi.

3. Qadimgi perslar bu toshni «zammorod» deb atashgan. Bu «yashil» ma’nosini beradi.

4. Eramizdan avvalgi to’rt minginchi yillarda ham zumradning bozori chaqqon bo’lgan.

5. Hindistonda buyuk «Toj-Maxal»ni bunyod etib, tilga tushgan Shohjaxon zumradni tumor o’rnida ko’rgan.

6. Zumrad asosan yashil rangda bo’ladi va qanchalar yorqin bo’lsa, narxi shuncha qimmat bo’ladi.

7. Eng yirik zumrad Kolumbiyada saqlanadi. Unga «Fura» deya nom berishgan. Bu zumradning vazni 11 000 karat, narxi 150 mln dollar etib belgilangan.

8. Zumraddan lazerlar yaratishda, yana kvantli elektronikada ham unumli foydalanishadi.

9. Haqiqiy zumradni zargarlar «qadimiy» deb atashadi. U to’q yashil rangda bo’ladi. Hozir qazib olinayotgan zumrad toshlari «qadimiy»ga tenglasha olmaydi.

10. Zumradning joduga oid xususiyati ham yo’q emas. U odamdagi zararli energetikani yutadi, aurani tozalaydi, uydagi barcha ziyon keltiruvchi energetik quvvatni so’rib oladi. Er-xotin orasidagi munosabatlar iliq saqlanib qolishini ta’minlaydi. Aytishlaricha, u ayol va erkaklarni bepushtlikdan ham xalos etarkan.

11. Bola emizadigan, dengizchi va sayohatchilar uchun zumrad ilohiy tumor vazifasini ham o’taydi. Ijodkorlarga ilhom bag’ishlaydi, tadbirkorlarga qo’shimcha boylik hadya etadi.

12. Yosh yigit-qizlarni harom yo’llarga kirib ketishdan asrashda ham zumradning ahamiyati beqiyosdir.

13. Qadimda zumrad yordamida shaytonlash, shapko’rlik kabi xastaliklarni davolashgan ekan.

14. Tibbiyotchilarning ishonch bilan ta’kidlashicha, zumrad uyqusizlik, qo’rquv kabilarni bartaraf etarkan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…