* * *
Bog’chaga qatnab, maktabga chiqish arafasidagi qizaloqqa onasi tushuntiryapti:
— Bog’chada faqat o’ynarding, qizim. Lekin maktabda mehnat qilishing kerak bo’ladi.
— Mehnat? Oyijon, unda o’sha maktabga yarim stavkaga ishga kirib, qolgan vaqtimni bog’chada o’tkazaversam bo’lmaydimi?
* * *
Juhud ayol dugonasiga dedi:
— Ishonasanmi, yomon tush ko’ribman. Go’yo ering ikkalang uyingni ijaraga berib, biznikida yoz bo’yi yashash uchun mehmonga kelganmishsizlar.
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Eshitdingmi, Mo’mintoy zo’r, aqlli ayolga uylanibdi. Vey, xotini yettita tilda gaplasharmish. Qanday baxtli-ya, Mo’mintoy!
— Nimasi baxtli? Baxtsiz degin! Bechora degin!
— Nega?
— Bizning xotinimiz bittagina tilda gapiradi, shundayam ikkalamizga kun yo’q!
* * *
Xotin uzoq muddatli xizmat safaridan qaytib kelsa, uydagi jihozlar yo’q. Eridan so’radi:
— Jihozlar qani?
— Sotib yubordim.
— Puli qani unda?
— Qopchada.
— Qopcha qaerda?
— Ko’zlarimning ostida.
* * *
Yigit armiyadan qaytib ishga joylashish uchun bir tashkilotga bordi. Undan so’rashdi:
— Xo’sh, qo’lingizdan nima ish keladi?
— Yer kovlay olaman.
— Yana-chi?
— Kovlamasligim ham mumkin.
— Bundan tashqari yana qanday ish bajara olasiz?
— Masalan, belkurakni yashirib qo’yishim mumkin. Hayotda topa olmaysizlar.
* * *
Oliy o’quv yurtiga kirish uchun imtihon ketyapti. Imtihon oluvchi abiturientdan so’radi:
— Xo’sh, nega endi aynan muallimlik kasbini tanladingiz? Bosh sababini ayting-chi!
— Bosh sababi iyun, iyul, avgust.
* * *
Muallima o’quvchilarga bo’lishni o’rgatyapti. Doskaga 2: 2 raqamini yozdi-da, so’radi:
— Bolalar, bu nimani anglatadi?
Orqa partada o’tirgan bir o’quvchi bor ovozda baqirdi:
— Durangni!
* * *
Ona qiziga dedi:
— Mendan ibrat ol! Mana, 20 yil bo’ldi turmushga chiqqanimga. Haliyam faqat bir kishini sevaman.
— Ha-a, tasavvur qilaman. Dadam bilib qolsa, katta janjal bo’ladi-da, oyi!
* * *
— Xotinjon, changyutkich sotib olish o’rniga, xizmatchi ayol yollay qolaylik!
— Dadasi, unda sovitkich ham sotib olmaymiz. Shuning o’rniga kelishgan bir yigitni yelpigich qilib ishga olamiz.
* * *
— Hayotda ayolning uchta faol davri bo’ladi.
— Qanaqa?
— Birinchi davr: U otasining asabiga tegadi. Ikkinchi davr: Erining asabiga tegadi. Uchinchi davr: Kuyovning asabini egovlaydi.
* * *
— Azizim, meni sevasizmi?
— Nima desam ekan? Ha, sevaman.
— O’sha «Nima desam ekan»siz ayting.
— Yaxshi, sevaman.
— «Yaxshi»siz ayting. Yo’q, yaxshisi, «Seni jonimdan ortiq sevaman» deng.
— Seni jonimdan ortiq sevaman.
— Aldayapsiz.
— Aldamayapman. Chunki senga uylanganimdan beri mana shu jonni ko’rishga ko’zim yo’q.
* * *
— Oilali erkaklar oila qurmaganlariga nisbatan uzoqroq yasharkan. Shu rostmi?
— Yo’q, oilalilarga umr sal uzunroq tuyuladi xolos.
* * *
— Yaramas! Men senga umrimning eng totli lahzalarini hadya qilgandim! Yoshlik chog’larimni senga bag’ishlabman-a! Umrimni xazon qilding, bildingmi?!.
— Xotinjon, diplom bilan gaplashishni qachon bas qilasan o’zi?
* * *
Hayvonot bog’i. Leopardlar qafasi yonida xuddi shu jonivor terisidan tikilgan shubali ayol to’xtadi. Shunda leopard urg’ochisiga shipshitdi:
— Ana, endi o’limdan keyingi hayot borligiga ishongandirsan-a, jonim?
* * *
Ikki do’st katta ko’chada uchrashib qolishdi. Biri ikkita rangli televizor ko’tarib olgandi. Narigisi undan so’radi:
— Nima qilasan ikkita rangli televizorni?
— E, o’zimgamas. Qaynonam «rangli televizor uchun yarim umrimniyam bag’ishlashga tayyorman» degandi.
* * *
Ikki qariya yoshlik chog’larini yodga olishyapti.
— Qachonlardir bir qiz meni deb hayotini xavf ostiga qo’ygandi.
— Qanaqasiga?
— U «Senga tekkandan ko’ra o’zimni huv anavi daryoga tashlayman» degan.
loading…