AJDAHO AFSONAMI Yo REALLIKMI?..
Yer yuzida xalq yo’qki, ajdaho haqida gapirmagan, fikr yuritmagan, o’ylamagan, bebosh farzandlarni qo’rqitmagan bo’lsa. Deyarli barcha xalqlarda ajdaho juda ulkan ilon ko’rinishida, ikki va uchboshli, og’zidan olov purkaydigan jonzot sifatida tasavvur qilinadi. Xo’sh, aslida ajdaho bo’lganmi yoki shunchaki o’ylab topilgan afsonami?
Olimlarning ba’zilari buni afsonaga yo’yishadi. Ayrimlari esa aksincha ajdaho qachonlardir yer yuzida yashagani, u dinozavrlarning avlodi bo’lganini aytadi. Boshqa bir olimlar guruhi esa ajdaho timsohlarga o’xshab ketishini, ammo ustki qismi ilonlardagi kabi po’st bilan qoplanganini ta’kidlaydi. Arxeologlar qachonlardir qazish ishlari olib borish jarayonida xuddi ajdahoga o’xshab ketadigan jonzotning qoldiqlarini topishgan. Laboratoriya sharoitida qoldiqlar haqiqatan afsonaviy ajdahoga tegishli, faqat dinozavrlar avlodi ekani aniqlandi. Yana shu narsa ma’lum bo’ldiki, bu ajdaho og’zidan hech qachon olov purkamagan ekan.
Qadimiy mifologiyaga nazar tashlaydigan bo’lsak, ajdaholar dunyo shakllanishida faol ishtirok etgani, keyinchalik tabiiy ofatlarni boshqarganiga guvoh bo’lamiz. Xitoyliklar, yaponlar va koreyslar katta va nufuzli bayramlar uchun ajdaho timsolini asos qilib olishgan. Yevropaliklar nazarida esa ajdaho yovuzlik, sharqliklar nazdida yaxshilik belgisi hisoblanadi.
Qadimda Gerodot ham ajdaholar haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Uning yozishicha, Qrim sohillarida uzunligi 20 metr keladigan ajdaho yashagan. Boshining ustki qismida tojga o’xshash o’simta bo’lgan. Dumi, panjalari uzun va o’tkir tirnoqlardan iborat bo’lgan. Ko’zlari qizil bo’lib hamisha yonib turgan. Ajdaho juda tez harakatlangan. Harakatlangan mahal o’zidan juda yoqimsiz tovush tarata borgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…