***
Ikki qo’shni ayol janjallashishyapti:
— Nima, qizingizning baxti ochilib, yaxshi yigitga tekkanini aytib maqtanmoqchimisiz? Mening qizimni ko’rsangiz, hasaddan o’lib qolardingiz!
— Nimasiga o’lib qolarkanman ja?
— E, unga-chi, juda badavlat odamlar aliment yuborishadi.
***
— Qo’shni, changyutgichingizni berib turing!
— Erim ruxsat bermaydi. Juda sizga zarur bo’lsa, biznikida foydalanib ola qoling.
***
— Voy, bizning kasalxonada shunday yaxshi ovqatlar berishadi, shunday ovqatlar berishadiki… Ko’rsangiz, og’zingiz ochilib qoladi… Ishonasizmi, ikki bemorni ko’z do’xtiri bilan quloq-burun do’xtiri baravar tekshira boshlashsa, ular bir-birlarini ko’rib turishadi…
***
Bolalik qaerga ketishini bilmadim-u, ammo uning qaerda o’ynayotganini juda yaxshi bilaman…
***
Tunda och holda uchib borayotgan pashsha vampirga duch keldi va so’radi:
— Janob vampir, yuzlaringiz qon, qaerlarda bo’ldingiz?
— Hov anavi ko’lni ko’ryapsanmi?
— Ha.
— Minorani-chi?
— Ko’ryapman.
— Xuddi o’sha minoraga urilib ketdim.
***
O’qituvchi o’quvchining onasiga dedi:
— O’g’lingiz geografiya fanidan juda past o’zlashtiryapti.
— Hechqisi yo’q. Biz topayotgan pul bilan baribir uzoqqa bora olmaydi.
***
— Dugonajon, men yaqinda homiladorlikdan test topshirdim.
— Savollari qiyin ekanmi?
***
Darsga kechikkan talabadan professor so’radi:
— Armiyada xizmat qilganmisan?
— Ha.
— Safga kechiksang, starshina nima derdi?
— “Sog’liq tilayman, o’rtoq leytenant!”
loading…