KOLUMBIYa HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Kolumbiya bu Lotin Amerikasi respublikasidir.
2. U dunyodagi 10 ta davlat bilan chegaradosh.
3. Kolumbiyani bir vaqtning o’zida ham Tinch okeani, ham Karib dengizi yuvib o’tadi.
4. Kolumbiya o’tmishda Ispaniyaga vassal hisoblangan. Shuning ta’sirida bo’lsa kerakki, hozir ham imoratlar ispancha usulda quriladi.
5. Kolumbiya poytaxti Bogota XVI asrda ispan bosqinchilari tarafidan kashf etilgan.
6. Qachonlardir Panama ham Kolumbiya tarkibida bo’lgan.
7. Hajmi jihatidan bu davlat Ispaniya, Portugaliya va Fransiya bilan barobar.
8. Bu davlatga Xristofor Kolumb sharafiga Kolumbiya deya nom berilgan.
9. Kolumbiya aholisi Xitoyning Shanxay shahri aholisidan ikki karra ko’proq.
10. Bu davlatning 90 foiz aholisi ispan tilida gaplashadi. Shu tilda gazetalar chop etiladi, telekanallar ham shu tilda ko’rsatuvlar tayyorlaydi.
11. Bogota aeroporti Lotin Amerikasidagi eng katta aeroport hisoblanadi.
12. Kolumbiyani dunyoda yoz shahri deb bekorga atashmaydi. Bu yerda yil o’n ikki oy quyosh nur sochadi.
13. Kolumbiya aholisining asosiy qismi katolik hisoblanadi.
14. Kolumbiyaliklar yoshi ulug’ odamlarni qattiq hurmat qilishadi.
15. Kolumbiyada ayollarga abort qat’iyan taqiqlanadi. Shu sababli qizlar 14 yoshdanoq tug’a boshlaydi. Har bir tug’ilgan bola xudoning ne’mati sifatida qadrlanadi.
16. Turmushga chiqmay tug’ib qo’ygan qizlar bolani o’zi mustaqil voyaga yetkazadi. Agar bolaning otasi bu ishda ishtirok etishni istamasa, unga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilmaydi.
17. Kolumbiyadagi Kano-Kristales daryosida besh xil rangga ega suv oqadi.
18. Kolumbiyada jami 15 ta harakatdagi vulqon mavjud. Har bir kolumbiyalik bir-biriga «siz»lab murojaat qiladi. Hatto uy hayvonlariga ham egalari albatta «siz»lab murojaat etadi.
19. Kolumbiya ayollari 1957 yilga kelibgina erkaklar bilan teng huquqqa ega bo’lgan.
20. Kolumbiya timsoli sifatida Kondor qushi e’tirof etiladi. Bu qush qanotlarini yoyganda ularning diametri 3 metrgacha yetadi.
21. Hisob-kitoblarga qaraganda, yiliga kolumbiyaliklar o’rtacha 400 milliard chashka kofe ichadi.
22. Kolumbiyada orxideya gulining 3500 ta turi o’sadi.
23. Yer yuzidagi jami marvaridning 90 foizi Kolumbiyada qazib olinadi.
24. Kolumbiyada metro yo’q.
25. Kolumbiyada odamlar bir-birlariga juft ko’rinishda gul hadya etishadi. Bizlarga o’xshab toq sonli gullar hadya qilishmaydi.
26. Kolumbiyaliklar uy ichkarisiga kirganda, poyafzalini yechib o’tirmaydi. Chunki barcha uylarda pol o’rniga kafel yotqiziladi.
27. Kolumbiya kofe yetishtirish bo’yicha Braziliya va Vyetnamdan keyin dunyoda uchinchi o’rinni egallaydi. Bu mamlakatda kakao ham yetishtiriladi.
28. Amerikada sotiladigan gullarning 70 foizi Kolumbiyadan keltiriladi.
29. Kolumbiyada itlarni «kis-kis»lab chaqirishadi.
30. Kolumbiyaliklar ko’chada iloji boricha qo’l telefoni olib yurmaydi. O’g’irlatib qo’yishdan qo’rqishadi. Lekin yo’llarda alohida odamlar qo’lida telefon ushlagan holda turadi va haq evaziga o’tkinchilarga telefonidan foydalanishga ruxsat beradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…