ANJIR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Anjir qadimiy meva. Eramizdan avvalgi 372 yilda botanika otasi sifatida e’tirof etilgan Teofrast anjirning yuzlab navlarini sanab o’tgan. Eng mazali meva bergan anjirga alohida nom ham bergan.
2. Anjir uzoq umr ko’ruvchi daraxtlar sirasiga kiradi. U 300-400 yilgacha meva beradi.
3. Aytishlaricha, Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlarga albatta o’zi bilan anjir mevasini olgan. Bu meva unga yangi kuch yig’ishda yordam bergan. Qolaversa, yukxonada ko’p joy ham egallamagan.
4. Anjir daraxti juda beor bo’ladi. U quruqlikda ham, namlikda ham, hatto gul tuvakda ham o’sib-unib meva beraveradi.
5. Anjir o’nlab xastaliklarni davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunimizda esa bu mevadan yo’talga va ich qotishiga qarshi dori sifatida foydalaniladi.
6. Anjir tarkibida bosh miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi triptofan moddasi ko’p. U stress holatlarida iste’mol qilinsa, asab tizimini tinchlantiradi. Uyqusizlikdan qutqaradi. Depressiyadan xalos bo’lishda yordam beradi. Triptofan kayfiyatni ko’taradi.
7. Anjir vitaminlarga, mikroelementlarga, oqsil va uglevodlarga boy. Ayniqsa, uning tarkibida kaliy, temir moddasi ko’p. Ular yurak faoliyati yaxshilanishida, aritmiya profilaktikasida asqotadi.
8. Yangi uzilgan anjirda oqsil miqdori 1 foiz, quritilganida esa 6 foizni tashkil etadi.
9. Anjir qondagi xolesterin miqdorini nazorat qiladi.
10. Anjir mevasi uzilgandan keyin bir necha soatgina saqlanadi xolos. Bu meva turi tez yaroqsiz holatga keladi. Uni olis manzillarga olib borib bo’lmaydi. Anjirni quritish yoki konservalangan holdagina saqlash mumkin.
11. Qandli diabet va podagraga uchraganlar anjir iste’mol qilmaganlari ma’qul. Oshqozonida muammosi borlarga ham anjirni ehtiyot bo’lib yeyish tavsiya etiladi.
12. Anjir daraxtidan sanoatda erkak va ayollar uchun atirlar tayyorlanadi.
13. Gretsiyada ilgari anjir kontrabandasi bilan shug’ullanish vatanga xiyonat bilan tenglashtirilgan.
14. Kleopatra anjirni juda sevgan. Unga anjir terisini yoshartirishda, yumshatish, mayinlashtirishda yordam bergan. Aytishlaricha, u joniga qasd qilishda foydalangan ilonni ham anjir mevasi ostiga berkitgan holda olib kelishgan ekan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…