U 150 yil yashamoqchi edi. Uning 12 ta shaxsiy tabibi bo’lib ular uni har kuni sochidan tirnog’igacha tekshirib turishar edi. Har gal taomlanishidan oldin bir kishi taomini zaxarlanmaganini aniqlab oldindan yeb ko’rsatar edi. Uning kunlik faoliyatini 15 kishi bayon qilib borar edi. Hatto uxlash uchun yotadigan karavati maxsus tayyorlangan bo’lib uyqu vaqtida kislorod mo»tadilligini tartibga solar edi. Hatto mabodo kerak bo’lib qolsa inson a’zolari bilan ta’minlaydigan tomonlar bilan ham shartnomalar bor edi. Chunki u 150 yil yashashi lozim edi-da!
Ammo 2009 yil 25 iyunda bu urinishlarning barchasi bekor bo’ldi. 50 yoshida Mayklning yuragi urishdan to’xtadi. Uning 12 ta shaxsiy tabibi bor kuch va bilimlarini sarflashdi, Kaliforniya va Los Anjelesdan malakali tabiblar taklif qilindi. Ammo bari befoydi ketdi. Uni o’limdan saqlab qola olishmadi. 25 yil Maykl shaxsiy tabiblar maslahatisiz bir qadam ham qo’ymadi. U 150 yil yashamoqchi edi-da!
Uning oxirgi safarida 2,5 million kishi kuzatib qo’ydi. Bu o’lim va vidolashuv safari edi.
Bu qissadan xulosa shuki, biz hech narsaga ega emasmiz. Ega bo’lgan mulkimiz bor-yo’g’i bizning ismi sharifimiz yozilgan ba’zi bir qog’ozlar xolos. Biz hatto o’z hayotimizga ham molik emasmiz.
Imom Moturidiy rahimahulloh o’zining «At-tavhid» kitobida Allohning borligiga eng katta dalillardan biri insonning ustidan doimo o’lim hukmronlik qilishi, u hohlamasada qarib-qartayishi, bemor bo’lishi kabi ishlar ekanini aytadi.
ShUNDAY EKAN TUG’YoN NEChUN???
loading…