Minglab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan XXI asrning eng xatarli epidemiyalari

Ikki oy avval paydo bo’lgan Xitoy koronavirusi butun dunyoga tahdid solib kelmoqda. XXI asr boshlaridan beri Yer aholisi bir qator infeksion kasalliklarning epidemiyasi bilan to’qnash keldi. Hayvonot olami va insoniyatga ulkan zararlar keltirgan XXI asr epidemiyalari haqida biroz to’xtalib o’tamiz.

H5N1 parranda grippi

Minglab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan XXI asrning eng xatarli epidemiyalari

1997 yilda ilk marotaba virusning parrandadan insonga yuqish holati yuz berdi. Bu orada mazkur kasallik oqibatida rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sal kam 300 ta odam halok bo’ldi, ammo ushbu virusning doimy o’zgarib turishi insonni xavotirga soldi. Oxirgi marta parranda grippidan halok bo’lish holati 2014 yilda kuzatildi.

H1N1 cho’chqa grippi

Minglab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan XXI asrning eng xatarli epidemiyalari

XXI asrdagi epidemiyalardan biri – cho’chqa grippidir. Mazkur grippning avj olishi XX asrda – 1976 va 1988 yillarda kuzatilgan edi. Eng yirik pandemiya 2009 yilda sodir bo’lgan, o’shanda 221 ming odam ushbu virusni yuqtirib olgan va qariyb 2 mingta odam halok bo’lgan edi.

SARS atipik pnevmoniyasi

Minglab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan XXI asrning eng xatarli epidemiyalari

Atipik pnevmoniya 2002 yilda Xitoyda paydo bo’ldi. Bu virus tarixi davomida 8 mingta odam uni yuqtirib oldi, ulardan 772 tasi halok bo’ldi.

Ebola

Minglab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan XXI asrning eng xatarli epidemiyalari

Ebola havo-tomchi yo’li orqali yuqmaydi, faqatgina tana suyuqliklari orqali o’tadi. Bir qarashda bu narsa epidemiyani ozgina sustlashtirishi kerak edi, ammo Afrikada ko’pchilikning toza suvdan foydalanish imkoni yo’q (shuning uchun Ebola kambag’allarning kasali, deb ham ataladi). Kasallik ikki yilda bir avj oladi. 2014-2015 yillarda bezgakdan 11 ming odam, 2019 yili Kongoda esa 2199 nafar odam halok bo’ldi. Yillar davomida Ebola virusi Afrika aholisidan tashqari 23 nafar kishining hayotiga zomin bo’ldi, shuning uchun hech bir farmatsevtik kompaniya unga qarshi vaksina ishlab chiqarishga kirishmadi.

Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS)

Minglab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan XXI asrning eng xatarli epidemiyalari

Mazkur virus bilan ilk zararlanish 2012 yilda Saudiya Arabistonida sodir bo’ldi, uch yildan so’ng esa Janubiy Koreyada aniqlandi. Bir-bir zararlanish holatlari hamon sodir bo’lib turadi. Shu vaqt davomida jami 1154 nafar odam zararlangan, ulardan 431 tasi halok bo’lgan.

loading…