XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

O’RTA ASR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. O’rta asrlarda cho’milish, yuvinish odat tusiga kirmagan. Kambag’allar ham, boylar ham bunaqa odat neligini bilmagan. Keyinchalik bu odatni Ierusalimni egallash uchun jangga otlangan yevreylar arablardan o’rganib, boshqa hududlarga ham tarqatgan.

2. O’rta asrlarning eng dahshatli muammosi bu o’lat edi. Xastalik butun boshli shaharlarni domiga torta borgan. Ana o’sha xastalik sabab vrachlar paydo bo’lgan.

3. O’rta asrlarda boylar atayin it boqardi. Itlardan naf bor edi. Naf shundaki, itlar uy, saroylar egalari ovqatlanib bo’lgach, idishlarni yalab tozalab qo’yardi. Bu bilan xonadon egalarini idish yuvishdan xalos etardi. Demak, o’sha paytlarda gigiena degan tushuncha yo’q ekan-da.

4. O’rta asrlarda hatto podsholar saroylarida ham hojatxona bo’lmagan. Saroy ayyonlaridan tortib, xonadonlarda yashaydigan oddiy xalq vakillarigacha duch kelgan yerda hojat chiqarib ketaverardi. Buni hech kim uyat hisoblamasdi.

5. Fransiya muzeylaridan birida qirol Genrix IV ning rafiqasiga yozgan maktubi saqlanadi. Maktubda shunday jumlalar bor edi: «Azizam, men tez orada, ya’ni, 4 haftadan keyin yoningda bo’laman. Shuning uchun cho’milmay qo’ya qolishing mumkin.» Bundan anglasa bo’ladiki, cho’milish, gigiena tushunchasi oddiy odamlar uyoqda qolib qirollar uchun ham ikkinchi yo uchinchi darajali hisoblangan.

6. Qimmatbaho matodan tikilgan ustki kiyimni yuvish o’rta asr odamlariga xos bo’lmagan. Shunchaki quruqligicha tozalab qo’ya qolishgan. Ichishdan oldin suvni tozalash, yoki qaynatib keyin ichish degan narsani ham o’rta asr odamlari bilmasdi. Shu sababli ular boy bo’lsa, suv o’rniga sharob, qashshoq bo’lsa, pivo ichib ketaverishgan.

7. O’rta asrda rasmiy nikoh 12-14 yoshda qayd etilgan.

8. O’rta asr vrachlarida bemorni davolash yoki tekshirib ko’rishdan oldin qo’lni sovunlab yuvish odati bo’lmagan.

9. Qolgan ovqat aynib qolmasligi uchun tuzlab qo’yishgan. Bu usul haqiqatan ovqat uzoq muddat saqlanishini ta’minlagan. Lekin mazasidan asar ham qolmagan.

Olimjon HAYIT tayyorladi