* * *
Er xotiniga dedi:
— Xotin, oilada erkak va ayol muammoni o’zaro maslahatlashgan holda hal qiladi. Shuni bilasanmi?
— Bilaman. Nimaydi?
— Unda yur, o’g’limizning matematikadan uy vazifasini birgalashib bajaramiz!
* * *
— Hoy, Munisa, qachongacha meni begona ayollarga rashk qilaverasan-a?
— Yana meni Munisa deb chaqiryapsizmi? Kim u Munisa, kim?
* * *
Yangi boyning besh yashar qizchasi oyisidan so’radi:
— Oyi, farishtalarning qanoti bormi?
— Ha.
— Ular ucha oladimi?
— Albatta. Nega farishtalar bilan qiziqib qolding? Tinchlikmi?
— Kecha dadam uy xizmatchimiz Tojinisa opani «farishtam» dedi. Tojinisa opa qachon uchadi?
— Ertagayoq uchib ketadi, qizim, ertagayoq!
* * *
Muallima o’quvchilardan so’radi:
— Bolalar, elektr toki uylarimizga qaerdan oqib kelishini bilasizlarmi?
Toshmat:
— Ha, bilamiz. Elektr toki changalzorlardan, o’rmonlardan oqib keladi.
— Nega bunday deb hisoblaysan?
— Kecha dadam soqol olayotib «Maymunlar yana chiroqni o’chirib qo’yishdi», deb baqirdi.
* * *
Ona to’rt yashar o’g’ilchasini urishyapti:
— Nega hammayog’ing ho’l?
— Biz bolalar bilan «It-it» o’ynadik.
— Nima bo’pti?
— Men… Daraxt bo’ldim.
* * *
Besh yashar bola buvisiga dedi:
— Buvijon, biz bolalar bilan «Ayiq-ayiq» o’ynayapmiz. Yuring, biz bilan o’ynang!
— Men kim bo’laman o’sha o’yinda?
— Siz ayiqlar qafasiga konfet tashlayotgan kampir bo’lasiz.
* * *
Jinni kutubxonada.
— Iltimos, menga gamburger, kartoshka va kola bering!
— Ie, bu yer kutubxona, oshxona emas.
Jinni (shivirlab):
— Iltimos, menga gamburger, kartoshka va kola bering!
* * *
Jinni poezdda ketayotib sherigiga dedi:
— Qara, mashinist qanday qilib yerosti yo’li bo’ylab poezdni boshqara olarkin?..
— Yo’lni yaxshi bilsa kerak-da!
* * *
Jinni o’rtog’inikida mehmonda o’tirib so’radi:
— Chiroqni o’chirganingda u qayoqqa g’oyib bo’lishini bilasanmi?
— Yo’q.
— Hozir ko’rsataman.
Jinni yugurib borib muzlatkichni ochdi-da, dedi:
— Ana, muzlatkichda o’tiribdi.
* * *
Starshina askarlarni saflantirib oshxonaga olib ketyapti.
— Bir, ikki! Bir, ikki, uch!
Bir bolakay chopib kelib unga dedi:
— Amaki, men o’ngacha sanay olaman!