XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ANOR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Misr ehromlari olimlar tarafidan o’rganilish pallasida olamdan o’tgan hukmdorlar jasadi yoniga anor qo’yishganiga guvoh bo’lishdi. O’shanda anor ilohiy meva sanalib, marhum yoki marhumaga yangi hayot baxsh etadi deb hisoblashgan. Anor daraxti esa «hayot daraxti» deb atalgan.

2. Anor musulmonlarning muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»da ham alohida tilga olingan. Birinchisi, anor boqiy dunyo jannatining mevasi sifatida e’tirof etilgan. Ikkinchisi, Muhammad payg’ambar o’z davrida barchaga doimiy ravishda anor yeyishni maslahat bergan. Payg’ambarning aytishiga ko’ra, anor hasad va nafratga qarshi dori ekan.

3. Anor tarkibida 15 ta aminokislota mavjud. Ularning 5 tasi betakrordir. Bundan tashqari, anor S, A, V, RR vitaminlar hamda kaliyga boy. Anor kam kaloriyali meva hisoblanadi. Shuning uchun ortiqcha vazndan xalos bo’lishni istaganlarga juda qo’l keladi.

4. Jangovar granatani nega anor nomi bilan atashganining sababi oddiy. U ham shakl jihatdan anorga o’xshab ketadi.

5. Anor gemoglabinni ko’tarish xususiyatiga ega. Shuning uchun yurak xastaliklari bilan og’riganlar tez-tez anor iste’mol qilishlari tavsiya etiladi.

6. Oshqozonida yarasi borlar anor yemaganlari ma’qul. Chunki bu meva olma va limon kislotasiga ega.

7. Har yili 26 oktyabr kuni Ozarbayjonda anor bayrami nishonlanadi. Bu davlatda anorning barcha navlari yetishtiriladi.

8. Anor tarkibida Ye vitamini va antioksidantlar mavjudligi bois undan teri kasalliklariga qarshi kurashda ham unumli foydalaniladi.

9. Armanistonda bir an’ana bor. Turmushga chiqayotgan qiz anorni olib devorga qarata otadi. Shu yo’l bilan qancha farzand ko’rishi mumkinligini aniqlab oladi. Xitoyda esa turmush qurayotgan ikki yoshga anor suratini hadya qilishadi. Bu davlatda anor boylik ramzi sifatida qadrlanadi.

10. Anor aterosklerozga qarshi shafqatsiz kurashadi. Infarkt va insult xavfini kamaytiradi. Amerika olimlarining tadqiqotlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, anor ko’krak saratonining ham kushandasi ekan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…