XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

AYIQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ayiqlar yer yuzida bundan 5-6 million yil oldin paydo bo’lgan.

2. Tulki, it va bo’rilar ayiqning yaqin qarindoshlari hisoblanadi.

3. Eng yirik ayiq turi sifatida oq ayiq e’tirof etiladi. Oq ayiq asosan shimoliy qutbda yashaydi. Vazni 500 kilogrammgacha yetadi.

4. Ayiqning yungi ikki qavatdan iborat bo’ladi.

5. Panda deb atalgan ayiq turining qo’l-oyoqlarida 6 tadan barmog’i bor.

6. Ayiqlar orasida faqat oq ayiq va panda qishki uyquga ketmaydi.

7. O’rmonlarda yashaydigan ayiqlar sira qiynalmasdan daraxtlar ustiga chiqa oladi.

8. Barcha zotga mansub ayiqlar duch kelgan narsani yeb kun ko’radi. Faqat oq ayiqlar go’sht bilangina oziqlanadi.

9. Oq ayiqlar suvda ham ajoyib tarzda suza oladi.

10. Ayiqning ko’rish qobiliyati odamnikidan qolishmaydi. Faqat hid bilish va eshitish qobiliyati pastroq.

11. Ayiqlar ikki orqa oyoqlarida ham yura oladi.

12. Ayiqlar erkinlikda 30 yil, tutqunda 50 yilgacha umr ko’radi.

13. Ayiqning yuragi har daqiqada taxminan 40 marta uradi.

14. Oq ayiq 2, 5 metr yuqoriga bemalol sakray oladi. U dam olmasdan suvda 100 kilometrgacha suzib borishi mumkin.

15. Ayiq bolalari yungsiz, ko’r va kar holda dunyoga keladi.

16. Ayiqlar ranglarni juda yaxshi ajratadi.

17. Oq ayiqning oshqozoni birdaniga 70 kilogramm go’shtni sig’dira oladi.

18. Yirtqich ayiqlarning taxminan 98 foizi Alyaskada umr kechiradi.

19. Yangi tug’ilgan ayiq bolasi 500 gramm atrofida vaznga ega bo’ladi.

20. Ayiq ovchining qopqonini juda osonlik bilan zararsizlantiradi.

21. Ayiqlar asalari inini buzishga qiziqadi.

22. Ayiqning qishki uyqusi ko’pincha olti oy muddatgacha cho’zilishi mumkin. Shu vaqt oralig’ida u umumiy vaznining teng yarmini yo’qotadi.

23. Yoshi ulug’ panda bir yeyishda 20 kilogramm bambukni paqqos tushiradi.

24. Oq ayiqning jigarida A va I vitamini juda ko’pchilikni tashkil etadi. Shu sabablimi, agar odam oq ayiqning jigarini yesa, albatta o’lim topadi.

25. Qachonlardir Qadimiy Rusda ayiq ilohiy jonivor hisoblangan. Slavyanlar ayiqqa sig’ingan.

26. Ayiq asalari nishini ko’tara olmaydi. Agar bir necha o’nlab asalarilar chaqsa, o’lim topishi muqarrar. Shuning uchun bo’lsa kerak, ayiq zoti borki asalarilardan qo’rqadi.

27. Ayiq Germaniyada Berlin shahri timsoli sifatida qadrlanadi.

28. 1907 yilda ayiq haqida ilk kitob chop etilgan. Bu kitobga  Ellis Skott mualliflik qilgan.

29. Qishki uyqu paytida ayiq organizmidagi moddalar almashinuvi 25 foizgacha tushib ketadi.

30. Himoliy ayiqlari eng qomatdor jonivor sifatida ta’riflanadi.

31. Yirtqich ayiq qo’li bilan odamni bir urib o’ldira oladi.

32. Urg’ochi ayiq 2-3 yilda bir marta homilador bo’ladi. Ayiq bolalari 3 yilgacha onasining qaramog’ida yashaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…